Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

11 000 metr balandlikdagi tilak, qishdan yozga sayyohat va sehrli ibora – OK-2019 kundaligi

11 000 metr balandlikdagi tilak, qishdan yozga sayyohat va sehrli ibora – OK-2019 kundaligi

Baho:
+ | -

2019 yil kirib kelishi bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun jiddiy sinov boshlandi. Yangi yil bayramini o‘z oilasi, yaqinlari bag‘rida nishonlagan futbolchilar-u murabbiylar bayram kayfiyatini saqlagan holda Osiyo Kubogiga yo‘l olishdi.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro aeroporti”da terma jamoamiz a’zolarini muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda katta musobaqaga kuzatib qo‘yishdi. “Musobaqa davomida maydonda boringizni berib to‘p suring, ortingizda biz muxlislar, jurnalistlar, butun o‘zbek xalqi Sizni qo‘llab-quvvatlab turibdi” degandek.

Erta sahar bo‘lishiga qaramay sovuq ob-havo sharoitida aeroportga kelib, terma jamoa a’zolarini kuzatish marosimida qatnashgan barcha muxlisu jurnalistlar, fotograf-u operatorlarga minnatdorchilik bildirib qo‘yish kerak. Siz kabi fidoiylar borligi uchun ham milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogida jonini berib harakat qilishi shart!

Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘ylab uchadigan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 08:00da parvoz qilishi kerak edi. Ammo texnik sabablarga ko‘ra parvoz vaqti kechiktirildi. Biz buni yaxshilikka yo‘ydik. Birlashgan Arab Amirliklaridan ham kechroq ortga qaytaylik, musobaqaning oxirigacha o‘sha yerda qolib, yorug‘ yuz bilan Vatanga kelish nasib etsin, deb niyat qilib qo‘ydik!

11 ming metr balandlikda “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boing-787 “Drimlayner”ida uchib ketayotganimizda kema kapitani Alisher Sultonov samolyot sahnida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari borligi, ular Osiyo Kubogida Vatanimiz sha’nini himoya qilish uchun ketishayotganini e’lon qildi va butun ekipaj nomidan terma jamoamizga omad tiladi! Bu holat delegasiya a’zolarining kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi.

Nihoyat, 3 soatdan oshiqroq davom etgan parvozdan keyin Dubay shahriga qo‘ndik. OFK vakillari bizni kutib turishgan ekan. Jamoaviy suratga tushganimizdan keyin bizni alohida yo‘lak bo‘ylab tashqariga olib chiqishdi.

Osiyo Kubogi qatnashchilari uchun aeroportda alohida qulayliklar yaratilgan. Ular ortiqcha tekshirish va navbatlarsiz o‘tkazib yuborilmoqda.

Umuman olganda, “Asian Cup” (“Osiyo Kubogi”) iborasi Birlashgan Arab Amirliklarida ayni kunlarda “sehrli ibora”ga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Delegasiya vakillaridan birining sumkasi bojxona xodimlariga sal kattaroq ko‘rindi shekilli, alohida tekshiruvga taklif qilmoqchi bo‘ldi. Lekin “Asian Cup” degan iborani eshitganidan keyin “Ok” deb jilmaygancha, tekshiruvlarsiz o‘tkazib yubordi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuperni BAAdagi mahalliy muxlislar shu zahoti o‘rab olishdi. Kuper bilan fotosessiya boshlanib ketdi. Qizig‘i, rasmga tushayotganlar orasida ayollar ham bor edi. Futbol muxlisalari.

Shuningdek, “Sharja” klubida to‘p surayotgan terma jamoamiz yarim himoyachisi Otabek Shukurovni ham darrov muxlislar tanib qolishdi va u bilan ham “selfi-shou” bo‘lib o‘tdi. Osiyo Kubogidan qaytishda terma jamoamizning barcha a’zolari bilan mana shunday “selfi-shou” uchun navbatga turgan muxlislar ko‘p bo‘ladi, deb umid qilib qolamiz.

“Roda Al-Bustan” mehmonxonasi Dubay aeroportining yonginasida ekan. 5 daqiqalik yo‘l yurib, mehmonxonaga yetib oldik.

Futbolchilarga qisqa hordiq berilganidan keyin, mahalliy vaqt bilan soat 18:00da BAAdagi dastlabki mashg‘ulot o‘tkazildi. Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq. Go‘yoki yanvar oyida qishdan yozga sayyohat qilgandek bo‘ldik. Futbol o‘ynash uchun juda qulay ob-havo sharoiti.

Mashg‘ulot biz joylashgan mehmonxonadan avtobusda 20 daqiqalik uzoqlikda joylashgan BAA futbol assosiasiyasiga qarashli maydonda o‘tkazildi.

Birinchi kun bo‘lgani uchun futbolchilarga ko‘p yuklamalar berilmadi. To‘p bilan yengil mashqlar bajarilganidan keyin, futbolchilar ikki guruhga bo‘linib futbol o‘ynashdi. Bunda himoyadan hujumga o‘tish va raqib qarshi hujumga o‘tganda himoyalanish bo‘yicha mashg‘ulot olib borildi.

Xudoga shukr, hamma safda. Jarohat bezovta qilayotganlar yo‘q. Bu eng muhimi. BAAdagi birinchi kun mana shu tarzda o‘tdi. Ertaga mashg‘ulotlar yana davom etadi.

Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i

Dubay, BAA

Manba: UFA
Kiritildi: 23:15, 02.01.2019.
O'qildi: 5488 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.