Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Guruhimizdagi nechanchi o‘rin bizga pley-offda qo‘l keladi?!

Guruhimizdagi nechanchi o‘rin bizga pley-offda qo‘l keladi?!

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi-2019 musobaqasi boshlanish arafasida. Terma jamoamiz turnirning "F" guruhida ishtirok etishidan xabaringiz bor. O‘zbekiston musobaqada g‘olib bo‘lishni istamoqda. Xo‘sh, termamiz guruhda nechanchi o‘rinni egallasa, pley-off bosqichida qaysi jamoalar bilan to‘qnash kelishi mumkin. Shu haqida to‘xtalib o‘tamiz.

1-variant. Guruhda ikkinchi o‘rin.

Bizning terma jamoa guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishi taxminan 45 %ni tashkil etsa kerak. Sababi, Yaponiya termasi — baribir favorit. Bizda esa ikkinchi o‘rin deyarli 55% naqd. Agar vaziyat shunday ko‘rinish olsa, jamoamiz 1/8 final bosqichida «B» guruhidagi 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan chorak finalda kurashadi.

«B» guruhi
Avstraliya
Suriya
Falastin
Iordaniya

Katta ehtimol bilan bu guruhda ikkinchi o‘rin uchun Suriya va Iordaniya jamoalari o‘rtasida qattiq kurash ketsa kerak. Avstraliya termasi 1-o‘rinni egallashini ko‘pchiligingiz anglab turgan bo‘lsangiz kerak. «Sokkeruz»lar doim o‘z o‘yinlariga tayanib harakat qilishadi. Arab jamoalari singari qulayroq raqib uchun birorta o‘yinda yutqazib berishlariga ishonish qiyin. U holda 2 o‘rin ham biz uchun chorak finalda chakki ko‘rsatkich bo‘lmaydi.

2-variant. Guruhda g‘oliblik

Agar Yaponiyadan ko‘proq ochko jamg‘aradigan bo‘lsak birinchi o‘rinni qayd etamiz va chorak finaldagi raqiblarimiz «E» guruhi a’zolaridan 2-o‘rinni qayd etgan jamoa bo‘ladi. «E» guruh a’zolari bilan tanishing.

«E» guruhi.
Saudiya Arabistoni
Qatar
Livan
Shimoliy Koreya

Bu yerda birinchi o‘rin uchun asosiy da’vogarlar sezganingizdek Saudiya Arabistoni va Qatar termasi. Oxirgi mundial saralashidan xulosa qiladigan bo‘lsak, 1-o‘rin Saudiya Arabistoni jamoasiga tegadi. Qatar esa ikkinchi o‘rinni oladi va bizga raqib bo‘ladi. Ko‘pchilik futbol ekspertlarining fikriga ko‘ra bu guruhda Saudiya Arabistoni yaqqol favorit. Bundan ko‘rinib turibdiki, 2-o‘rin uchun Qatar termasi asosiy da’vogar.

3-variant. Guruhda 3-o‘rinni olamiz.
Istaymizmi-yo‘qmi, agar guruhda 3-o‘rinni qayd etsak, imkoniyatimiz sezilarli ravishda pasayadi. Avvalo, 3-o‘rin orqali pley-offga chiqish uchun ko‘proq ochko va yaxshiroq to‘plar farqiga ega bo‘lishimiz kerak. Shunda «C» yoki «D» guruhidagi 1-o‘rindagi terma bilan to‘qnash kelamiz. «C» guruhidagi jamoalar bilan tanishing

«C» guruhi
Janubiy Koreya
Xitoy
Qirg‘iziston
Filippin

Bu guruhda birinchi o‘rinni Janubiy Koreya va Xitoy bo‘lishib olsa kerak. Koreyslarda imkoniyat 60% bo‘lsa, Xitoy termasida 40% deya baholanmoqda. O‘zingiz tasavvur qiling, 3-o‘rinni egallash bizga Janubiy Koreya jamoasini ro‘baro‘ qilib qo‘yishi mumkin. Bu esa 3 ta holatdagi eng omadsiz variant desak, adashmagan bo‘lamiz.

«D» guruhi.
Eron
Iroq
Vyetnam
Yaman

Ko‘rib turganingizdek, bu guruhda yaqqol favorit bor — Eron. Bu terma jamoa so‘nggi paytda biz uchun hech qachon oson raqib bo‘lmagan.

Bu shunchakki muxlislar iltimosiga binoan guruh jadvali va pley-off uchun qisqacha tanishtiruv xolos. Aslida termamizning jamoa tanlamasdan o‘ynaydigan vaqti kelganiga ancha bo‘lgan. Biz Osiyo kubogi o‘yinlarida terma jamoamizga omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: m.stadion.uz
Kiritildi: 13:15, 03.01.2019.
O'qildi: 19704 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.