Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Kuper. Saloh. Misr?! Yo‘q! «Kuper. Odil. O‘zbekiston!»

«Kuper. Saloh. Misr?! Yo‘q! «Kuper. Odil. O‘zbekiston!»

Baho:
+ | -

Dubay shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik avjida. Bugungi kun voqelarga boy bo‘ldi. Dastlab, OFK vakillari yig‘ilish o‘tkazib, musobaqa tartib-qoidalarini ipidan-ignasigacha tushuntirdi.

Keyin esa Osiyo Kubogida instruktor sifatida taklif etilgan o‘zimizning Farhod aka Abdullayev futbol qoidalariga kiritilgan juz’iy o‘zgarishlar haqida murabbiy va futbolchilarga  ma’lumot berib, hakamlarning jazolariga yo‘liqmaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi haqida aytib o‘tdilar. Kuperdan tortib barcha futbolchilar, ayniqsa, himoyachilar Farhod akaning so‘zlarini diqqat bilan tingladi.

“Chorak finaldan boshlab Osiyo Kubogida VAR tizimi ishga tushadi. Bu tizim qanday ishlashi haqida ham batafsil ma’lumot berib o‘taman. Xudo xohlasa, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingizdan keyin yana uchrashamiz”, - dedilar Farhod aka Abdullayev.

Keyin OFK vakillari milliy terma jamoamiz a’zolari ishtirokida foto va videosessiya uyushtirishdi. Ushbu jarayon ancha quvnoq tarzda o‘tdi. Ayniqsa, futbolchilardan gol urilgandan keyingi holatni aks ettirish so‘ralganda, ko‘pchilik bu talabni bajarayotganda qiynaldi.

Futbolchilar aktyor emas, to‘g‘ri tushunish kerak. Ularda hissiyotlarning hammasi tabiiy bo‘ladi. Gol urilgan paytdagi hissiyotlarni faqat gol urilgan paytda ko‘rsata olishadi. Bunday hissiyotlarni Osiyo Kubogi davomida ko‘p bor ko‘rish nasib qilsin!

Kechqurun navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot paytida qiziqarli voqea ro‘y berdi. Maydon ishchilaridan biri Ektor Kuperni tanib qoldi.

-Kuper?! Terma jamoangiz bosh murabbiyi Ektor Kupermi?

-Ha, shunday.

-Kuper. Saloh. Misr.

Hozircha Kuper deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga Muhammad Saloh va Misr terma jamoasi keladi. Nasib qilsa, milliy terma jamoa Osiyo Kubogida chiroyli o‘yinlar namoyish qilib, yaxshi natijalar qayd etadigan bo‘lsa, bu iboralar “Kuper.Odil.O‘zbekiston!”ga o‘zgarishi aniq.

Mashg‘ulot ancha jiddiy tarzda o‘tdi. “Mister” (Bosh murabbiyni futbolchilar shunday chaqirishadi) futbolchilarga darvozaga zarba yo‘llashni mashq qildirdi. Zarbalari golga aylanmagan futbolchilarga esa jazo tayinladi: 25tadan “otjimaniya” qilish.

Qaysi futbolchilar bunday “jazo”ga loyiq topilganini esa aytib o‘tirmayman. Bu jamoaning ichki siri bo‘lib qola qolsin. Eng muhimi o‘yin paytida mana shu “jazolangan” futbolchilarimizning zarbalari golga aylansa bo‘lgani.

Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i

Dubay, BAA.

Manba: UFA
Kiritildi: 02:14, 04.01.2019.
O'qildi: 14133 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.