Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligini boshlab yubordi

“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligini boshlab yubordi

Baho:
+ | -

“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarligiga  3 yanvar kunidan kirishdi. Jamoamiz qarorgohida ta’mirlash ishlari davom etayotgani bois, tayyorgarlik mashg‘ulotlari Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohiga ko‘chirildi. Bu yerda tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun kerakli sharoitlar yaratildi.

Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Futbolchilarimiz  jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanishmoqda.

Mashg‘ulotlarda milliy terma jamoamizga jalb etilgan Sanjar Quvvatov va Odiljon Hamrobekov, shuningdek olimpiya terma jamoamiz yig‘iniga taklif etilgan  to‘qqiz nafar futbolchilarimiz: Umidjon Ergashev, Mashhurjon Muhammadjonov, Sherzod Nasrullayev, Dilshod Saitov, Sharof Muhitdinov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboyev, Ilhom Alijonov va Bobir Abduxoliqovlar ishtirok etishayotgani yo‘q. Ushbu futbolchilarimiz jamoamiz mashg‘ulotlariga yanvar oyi oxirlarida qo‘shilishlari mumkin.  Bundan tashqari yarim himoyachimiz Saydullo Rahmatov ham mashg‘ulotlarda qatnashmayapti, sababi Rahmatov jamoamizni tark etgan. Katta ehtimol bilan faoliyatini u boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Azizjon G‘aniyev ham yaqin kunlarda jamoamiz safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Hozircha G‘aniyev yaponiyalik shifokorlarning ko‘rsatmasi bo‘yicha yakka o‘zi shug‘ullanmoqda.

Muqaddam ijara asosida boshqa jamoalarda to‘p tepgan futbolchilarimiz ham mashg‘ulotlarimizga qo‘shilishgan. Bundan tashqari yangi futbolchilar ham murabbiylarimiz ko‘rigidan o‘tishmoqda. Bu futbolchilarning jamoamiz tarkibida qolish yoki qolmasligi hozircha noma’lum. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mashg‘ulotlarda o‘tgan yili o‘rinbosarlarimiz tarkibida to‘p tepib, o‘zini ko‘rsatgan ko‘plab futbolchilarimiz bor.

Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi 16 yanvar kunigacha davom ettiriladi. Shu orada futbolchilarimiz tibbiy ko‘rikdan ham o‘tishadi. 16 yanvar kuni esa Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuv Qarshida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:09, 06.01.2019.
O'qildi: 4114 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.