Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Yuraklarda hayajon… Termamiz o‘yinlarini sog‘indik...

Yuraklarda hayajon… Termamiz o‘yinlarini sog‘indik...

Baho:
+ | -1

Mana Osiyo kubogi ham start oldi. Bir nechta sensatsion natijalar ham ko’rishga ulgurdik. Lekin, sizga ham Osiyo kubogiga nimadir yetishmayotgandek tuyulyaptimi?

Ha, albatta, axir terma jamoamiz hali maydonga tushmadi-da! Besabrlik qursin, lekin nima qilaylik Vatanimizni shunchalar yaxshi ko’rsak?!

To’g’risi, yurtimiz bosh jamoasi ijrosidagi o’yinlarni nafaqat men, balki butun xalqimiz orziqib kutmoqda. Axir, anchadan beri rasmiy o’yinlarda ko’rinish bermagan yurtimiz bosh jamoasi o’yinlarini juda ham sog’indik. Qirqiga chidagan qirq biriga ham chidashimiz kerak, na chora?!

Turnirni kuzatib borarkanman, bir narsanitushunib yetyapman. Hali bu turnirda sensatsion natijalar ko’p bo’ladiganga o’xshayapti. Osiyo jamoalarining ham darajasi va saviyasi ancha bir-biriga yaqinlashib qolgani yaqqol sezlimoqda. Bundan tashqari 24 jamoaning ishtirok etayotgani ham turnirga o’zgacha qiziqish uyg’otyapti, menimcha.

Bundan ko’rinib turibdiki, termamiz uchun hech qaysi uchrashuv oson o’tmaydi. Guruhimizda soddaroq ko’ringan Ummon va Turkmaniston termalari ham osonlikcha ochko bermasliklari aniq. Shu sabab, g’alabalar biz o’ylaganchalik yirik hisoblarda bo’lmasa, bundan fojea yasamaslik zarur. Sababi, bu katta musobaqa va unda o’yinlar ko’p. Ham ruhan, ham jismonan kuchni tejash va chempion bo’lish uchun Kuperning o’yin uslubi qo’l kelishi mumkin. Biroz zerikarli ko’rinsa-da ehtiyotkor va ishonchli futbol hozirda g’alabaning kaliti ekanligini Fransiya termasi JCHda ko’rsatib qo’ygani yodingizda bo’lsa kerak.

Mas’uliyatli o’yinlar oldidan termamiz futbolchilariga omad va zafarlar tilab qolamiz. Hurmatli futolchilar, bizni uzoq kuttirganga yarasha turnirda uzoqroq qolishingizni va albatta yurtimizga chempion bo’lib qaytishingizni Yaratgandan tilab qolamiz.

Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:44, 07.01.2019.
O'qildi: 5973 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик