Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Umid Ahmadjonov Ummon bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston MTJ a’zolari bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Ummon bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston MTJ a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi o‘yin bilan Osiyo Kubogini boshlashi haqida avval xabar berib o‘tgandik.   Ummonga qarshi o‘yin oldidan bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Sharja shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.

Umid Ahmadjonov ertangi o‘yin oldidan vakillarimizga omad tilar ekan, O‘zbekistonda barcha terma jamoaning g‘alabalarini intiqlik bilan kutayotganini aytib o‘tdi.

"O‘zbekistonda barcha sizlarga ko‘z tikib turibdi. Har kungi mashg‘ulotlaringiz, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib bormoqdamiz. Ertaga chiroyli o‘yin namoyish qilib, millionlab futbol muxlislarini, butun o‘zbek xalqini xursand qilishingizni tilab qolamiz. O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Sizlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Bosh murabbiyning barcha talablarini bajarib kelyapmiz. Bundan bu yog‘iga ham bajarimiz. Har bir g‘alaba uchun O‘FA tomonidan mukofot pullari ajratiladi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi Vatan uchun, ota-onangiz, yaqinlaringiz, xalqingiz uchun to‘p suring! Butun fikru xayolingiz faqat g‘alabaga qaratilsin. Chempiion bo‘lish vaqti keldi. Nasib qilsa, Osiyo Kubogini o‘zimiz bilan O‘zbekistonga olib borib, muxlislarimizni, xalqimizni, muhtaram Prezidentimizni xursand qilamiz. Mana shu maqsad yo‘lida barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz kerak", - deya o‘z fikrlarini yakunladi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper so‘zga chiqdi: "Terma jamoa bir maqsad yo‘lida birlashgan. G‘alaba uchun borimizni berishga tayyormiz. Mukfot pullari ikkinichi darajali masala. Futbolchilar terma jamoa tarkibida birinchi navbatda Vatan uchun to‘p surishadi. Umid qilamanki, barcha o‘ylagan maqsadlarimizga birgalikda yetamiz", - dedi Kuper.



Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov esa futbolchilar nomidan so‘zga chiqar ekan, terma jamoa tarkibidagi barcha o‘yinchilar Osiyo Kubogida Vatan sharafini munosib himoya qilishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.

Xabaringiz bor, 2018 yil yakunlariga ko‘ra Odil Ahmedov Yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. Umid Ahmadjonov uchrashuv so‘nggida Odil Ahmedovga "Yilning eng yaxshi futbolchisi"ga atalgan sovrinni topshirdi.


Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:38, 08.01.2019.
O'qildi: 5304 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.