Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Oq bo‘rilar» bugun ovga chiqadi!

«Oq bo‘rilar» bugun ovga chiqadi!

Baho:
+ | -

Biz intiqib kutgan kun ham keldi. Bugun - millatimiz jamoasi maydonga tushadi! Bugun - yurtimiz bayrog‘i BAA davlatida mag‘rur hilpiraydi! Bugun -sevimli futbolchilarimiz o‘yinlarini yuraklarda hayajon bilan miriqib tomosha qilamiz! Qisqa qilib aytganda, bugun futbol, O‘zbekiston terma jamoasi o‘ynaydi! Do‘ppini qo‘lga olib o‘ylasak, iloji boricha uzoqroqqa borish uchun endi bizga ikkinchi o‘rin kerak emas! Sababi, bu o‘rin bizni katta ehtimol bilan Avstraliya termasiga ro‘baro qiladi! Birinchi o‘rin esa qadrdon raqiblarimiz - Qatar termasi bilan o‘ynash imkonini beradi.

Ko‘pchilik muxlislar Avstraliyani bu turnirda kuchsizroq deya atamoqda, lekin, men bu fikrga qo‘shilmagan bo‘lardim. «Sokkeruz»lar o‘yindan-o‘yinga ochilib borishadi. Chorak finaldagi Avstraliya ancha kuchliroq bo‘lishi aniq! Bizning jamoa uchun 1-o‘rinni olish endi majburiy! Ummon va Turkmaniston termalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarda ko‘proq gol kiritib, Yaponiya bilan bo‘ladigan o‘yinda qarshi hujum taktikasida o‘ynab, gollar farqi evaziga bo‘lsa ham guruhda 1-o‘rinni olishimiz bizga play off da ancha qulayliklar yaratadi. Shunday ekan, bugun futbolchilarimizdan faqat g‘alaba emas ,yirikroq hisobdagi natijani kutib qolamiz! Yaponiya termasini yutadigan davrlarimiz kelganiga ancha bo‘ldi, xatto biroz o‘tib ham ketdi. Bu Osiyo kubogiga bundan avvalgilariga nisbatan ancha o‘zgacha tayorgarlik ko‘rildi. Xorijdan murabbiy, bir nechta saviyali o‘rtoqlik uchrashuvlari, ketma-ket yig‘inlar…

Navbat chiroyli futbol va natijaga. Mayli, ikkisidan birini tanlash kerak bo‘lsa, shaxsan men natijani tanlagan bo‘lardim. Sababi, bundan avvalgi Osiyo kuboglarida juda chiroyli o‘yin namoyish etganmizu, lekin natija bo‘lmagan edi. Mayli, bu turnirni «chiroyli o‘ynagan edik»,- deb emas, «chempion bo‘lgan edik»,- deya eslab yuraylik! Milliy terma jamoamizga bugungi uchrashuvda va turnir mobaynida Yaratgandan kuch-qudrat tilab qolamiz

«Olg‘a, oq bo‘rilar!»

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:29, 09.01.2019.
O'qildi: 7463 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.