Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Kuper: Futbolchilar asablarini jilovlay olishda muammolarga duch keldi

Kuper: Futbolchilar asablarini jilovlay olishda muammolarga duch keldi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Ummonga qarshi kechgan va 2:1 hisobida yakuniga yetgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

-Biz bu o‘yinni juda kutgan edik va unda ikki xil bo‘lim o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, ammo ikkinchi bo‘limni raqib kuchliroq boshladi. Ular to‘pni nazorat qildi. O‘tkazilgan javob golidan so‘ng esa yana hisobda oldinga chiqa oldik.

-O‘yinni xavotir bilan tomosha qildik. Ikkinchi bo‘limda omad va futbolchilarning individual jihati evaziga g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limni chuqur himoyada boshlash murabbiyning rejasimidi?

-Yo‘q, bu mening rejam emas edi. Biz to‘pni ko‘proq nazorat qilib, ko‘proq zarba yo‘llashimiz kerak edi. Ammo Ummon juda yaxshi o‘yin namoyish qildi va himoyani ushlashga majbur bo‘ldik. Mening maqsadim boshqa - to‘pni nazorat qilish edi. Ammo hammasi raqibning o‘yiniga bog‘liq bo‘lib qoldi.

-Musobaqa endi boshlandi, ammo futbolchilarda charchoq alomatlari bordek. Bunga qanday qaraysiz?

-Yo‘q, futbolchilarda charchoq alomatlari yo‘q. Shunchaki ba’zi muammolar ko‘zga tashlandi. Bu charchoq emas, balki asabiylik. Futbolchilar asablarini jilovlay olishda muammolarga duch keldi.

-Pozision hujum juda kam bo‘ldi. Birinchi gol jarimadan, ikkinchisi esa individual mahorat evaziga urildi. So‘ramoqchi bo‘lganim, Bikmayev va Sidiqovning o‘yini borasida nima deya olasiz?

-Men individual o‘yin bo‘ldi, deb ayta olmayman. Butun jamoa kurash olib bordi. Biz shunchaki butun zonalarni yopa olmadik. Shuning ortidan muammolar yuzaga keldi.

Manba: UFF
Kiritildi: 21:30, 09.01.2019.
O'qildi: 19969 marta.
Fikrlar: 72 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.