Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dubaydan fotoreportaj: O‘zbekiston Turkmanistonga qarshi mashg‘ulotlarni boshladi

Dubaydan fotoreportaj: O‘zbekiston Turkmanistonga qarshi mashg‘ulotlarni boshladi

Baho:
+1 | -1

Akmal Eshonxonov

Dubaydan maxsus

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Sharja shahridan Dubayga ko‘chib o‘tgani va bugun Turkmanistonga qarshi o‘yin uchun mashg‘ulotlarni davom ettirishi haqida xabar bergan edik.

Dubay shahridagi “Crowne plaza” mehmonxonasiga joylashgandan so‘ng futbolchilarga biroz hordiq berildi. Terma jamoaning mashg‘uloti mahalliy vaqt bilan soat 18:00da boshlandi.

Ummonga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar bugun alohida mashg‘ulot olib borishdi. Ya’ni ular yengil mashqlar bilan chegaralanishgan. Shuningdek, kechagi o‘yinda zahiradan maydonga tushgan futbolchilar esa asosiy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Ma’lumot o‘rnida, 13 yanvar kuni O‘zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi aynan terma jamoa bugun mashg‘ulot o‘tkazgan “Rashid Stadium”da bo‘lib o‘tadi.

Manba: UFA
Kiritildi: 01:00, 11.01.2019.
O'qildi: 5551 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик