Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

Velosport. Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi medalni qo‘lga kiritishdi

Velosport. Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi medalni qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Avvalroq, kattalar o‘rtasidagi bahslarda Olga Zabelinskaya oltin medal sohibasiga aylangani haqida xabar qilgandik.

Kecha o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Yanina Kuskova guruh bahslari saralashida ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra Gonkong vakilasi S.Li birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kumush medalga esa 8 ochko jamg‘argan hamyurtimiz Yanina Kuskova sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni egallagan qozog‘istonlik Elvira Xamzina ham 8 ochko to‘pladi. O‘zbekistonlik velosportchi bugun yakkalik poygalarida ham medal uchun kurashga chiqadi. Hamyurtimiz 3-4-o‘rinlar uchun hindistonlik sportchi bilan bellashadi.

Shuningdek, Murod Xolmurodov ham omnium yo‘nalishidagi poygada qatnashadi. Avvalroq guruh poygalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Olga Zabelinskaya yakkalik bahslarida 1-2-o‘rinlar uchun startga chiqadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:14, 11.01.2019.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.