Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ektor Kuper: «Kim kuchli ekanini maydondagi o‘yin ko‘rsatadi»

Ektor Kuper: «Kim kuchli ekanini maydondagi o‘yin ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -

Akmal Eshonxonov

Dubaydan maxsus

Bugun, 12 yanvar kuni O‘zbekiston hamda Turkmaniston terma jamoalarining “F” guruhidagi o‘zaro o‘yini oldidan Dubaydagi “Rashid Stadium” stadionida har ikki jamoa vakillari bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanning birinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper jiddiy o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ha, o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Turkmaniston yaxshi shakllangan jamoa. Ularning Yaponiyaga qarshi o‘yinini tomosha qildim. Turkmanistonga qarshi faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ummonga qarshi o‘yinni hamma turlicha tahlil qildi.

Muhimi biz o‘sha o‘yinda g‘alaba qozondik. Ummon – kuchli terma jamoa. Ular Fors Ko‘rfazi musobaqasida g‘alaba qozonishdi. Shu sabab Ummonni mag‘lub etganimizdan xursandmiz. Turkmanistonga qarshi o‘yinda atolarimizni to‘g‘irlab, chiroyli o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz.

Turkmanistonning ustunliklari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular tartibli jamoa. Yaponiyaga qarshi o‘yinda ular tartibli harakat qilishdi, lekin ularga tajriba yetishmadi. Ertaga maydonga tushadigan har ikki terma jamoaning o‘z o‘yin uslubi bor. Kim kuchliroq ekanini maydondagi o‘yin ko‘rsatadi.

Krimes qizil kartochka tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ammo bizda uning o‘rniga maydonga tushishi mumkin bo‘lgan ikki nafar futbolchi bor. Ulardan qaysi biri o‘sha paytda yaxshiroq formada bo‘lsa, o‘sha futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Turkmaniston terma jamoasi himoyasida o‘ziga yarasha muammolar bor. Biz ertaga ana shu muammolardan foydalanib hujum tashkil qilishga va raqib darvozasini ishg‘ol qilishga urinamiz. Misr terma jamoasida ishlaganimda boshqacha uslubda to‘p surganmiz.

O‘zbekiston bilan boshqacha uslubni shakllantiryapmiz. Ba’zi o‘xshashliklar bo‘lishi mumkin, lekin bu ikki mamlakat futboli boshqa-boshqaa. Albatta, ertaga muxlislarga va jurnalistlarga yoqadigan o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, Uchrashuv mahalliy BAA vaqti bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan soat 21:00da) Dubay shahridagi “Rashid Stadium” o‘yingohida boshlanadi. Uchrashuvda O‘zbekiston oq, Turkmaniston yashil rangli libosda harakat qiladi.

Mazkur bahsni BAA vakili Ammar Al Junaybi boshchiligidagi hakamlar boshqaradi.

Manba: STADION
Kiritildi: 19:03, 12.01.2019.
O'qildi: 6082 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.