Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Oq Bo‘rilar» bugun yana ovda. Ummonning muxlislari bugun bir necha millionga ko‘payadi.

«Oq Bo‘rilar» bugun yana ovda. Ummonning muxlislari bugun bir necha millionga ko‘payadi.

Baho:
+1 | -

Bugun Osiyo kubogi «F» guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Yurtdoshlarimiz Turkmaniston termasi bilan to‘qnash kelsa, Yaponiya terma jamoasi bizni juda qiynagan Ummon bilan kuch sinashadi. Bugun Yaponiya - Ummon terma jamoalari bahsida butun O‘zbekiston Ummonga chin yurakdan muxlislik qilsa, ajab emas. Buning bir qancha sabablari bor: Ummonliklar Yaponlardan ochko olishni uddasidan chiqsa, bu biz uchun 3-turda qarshi hujumda bemalol o‘ynash imkonini beradi. Yana bir muhim jihati shundaki, Ummon termasining qanday kuchga ega ekanligini bilib olamiz. Ana shunda birinchi turdagi g‘alabamiz «Kuchli terma bilanmidi? yoki o‘rtamiyona termani yengishda shunday qiyinchiliklarga uchradikmi?»,- degan savollarga javob olishimiz mumkin.

Yurtdoshlarimiz bugungi uchrashuvda iloji boricha hujumga moslashgan taktika va tarkibda maydonga tushishi shart. Sababi Osiyo kubogi faqatgina guruh bosqichidan iborat emas. Play-off dagi omadli yurishni davom ettirishimiz uchun ham, bizga 1-o‘rin suv va havodek zarur. Hech qanday odaptasiya yoki o‘rtoqlik o‘yinlari endi bahona bo‘la olmaydi.

Jurnalist: -O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchilaridan kimni alohida ko‘rsatgan bo‘lar edingiz?

Ahmad Atayev: To‘g‘risi, deyarli hech kimni tanimayman. Faqat sardorlaring - Odil Ahmedovni ozgina bilaman, xolos.

Kechagi matbuot anjumanida raqiblarimiz o‘yinchisi Ahmad Atayev jurnalistlarimizdan biri bergan aktual savolga hushlamaygina javob bergani, ko‘plab hamkasblarimizda istehzoli kulgi uyg‘otdi desak, adashmagan bo‘lamiz…

Bugungi o‘yinda terma jamoamizdan shiddatli va tajavuzkor futbol kutib qolamiz. Shunday o‘ynaylikki, Atayev hatto zahira o‘yinchilarimizni ham butun umr esidan chiqara olmay qolsin! Bu hech qanday propaganda yoki intriga maqsadida aytilayotgan gaplar emas. Shunchaki, muxlislarimiz sezayotgan bo‘lsa, termamizning avvalgi shon-shuhratidan asar ham qolmagan! Endi bizdan hatto qo‘shnilar ham qo‘rqishmayapti?! Endi avvalgiday Osiyoning kuchli to‘rtligidamasmiz?! Endi dunyo futbol reytingida 100-o‘rindan balandroqqa chiqa olmagan Turkmaniston termasi ham biz bilan kechadigan o‘yinda autsayder nomini olishni xohlamayapti?!

Futbolimiz saviyasi anchayin pasayganini hamma ko‘rib turibdi. Bugungi uchrashuvda futbolchilarimizdan O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlari o‘z o‘rniga qaytayotkanligini ko‘rsatib qo‘yishingizni iltimos qilardik. Yigitlar, bugungi uchrashuvda raqiblardan bir bosh baland o‘ynashingiz shart va hisob ham shunga yarasha bo‘lishi kerak!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:28, 13.01.2019.
O'qildi: 9608 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик