Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Asian Cup. O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozonib pley-off masalasini hal qildi

Asian Cup. O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozonib pley-off masalasini hal qildi

Baho:
+1 | -

Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Unda milliy terma jamoamiz yirik 4:0  hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni hamyurtlarimiz hujumkor boshladi va 17-daqiqada bu o‘z samarasini berdi Doston Hamdamovning qanotdan oshirgan to‘pini Javohir Siddiqov darvozaga yo‘llab qo‘ydi.

Oradan 7 daqiqa o‘tgach Shukurovning ajoyib pasini Shomurodov golga aylantirdi. Goldan so‘ng ustinlik yaqqol terma jamoamiz a’zolariga o‘tib ketdi.

O‘yinning 40-daqiqasida Jaloliddin hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ygan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tgach yana Shomurodov nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa birinchi bo‘lim 4:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni ham hamyurtlarimiz ancha faol boshlashdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Akmal Shorahmedov o‘rniga Kuper Davron Hoshimovni tushirdi.

Terma jamoamiz a’zolari bir qator qulay vaziyatlarga ega bo‘lishdi, biroq boshqa gol ura olishmadi. Ba’zi vaziyatlarda darvoza ustuni xalal bergan bo‘lsa, ba’zida hujumlar yakuniga yetmay qoldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, muddatdan avval pley-off masalasini hal qildi. 

Osiyo kubogi-2019. "F" guruhi, 2-tur
TURKMANISTON - O‘ZBEKISTON 0:4 (0:4)

Gollar: Javohir Siddiqov (17), Eldor Shomurodov (24, 42), Jaloliddin Masharipov (40)
Ogohlantirish: Anzur Ismoilov (73)
Turkmaniston: Mammet O‘razmuhammedov, Serdar Annao‘razov, Mekan Saparov, Zafar Babajanov, Vezirgeldi Ilyasov, Gurbangeldi Batirov, Ruslan Mingazov, Rasul Xo‘jayev, Ahmet Atayev (Murat Annayev 42), Arslonmurot Amanov (Ilya Tamurkin 65), Vohit O‘razsahedov (Altimurat Annadurdiyev 46).
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov (Davron Hoshimov 46), Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteev, Doston Hamdamov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov (Fozil Musayev 76), Jaloliddin Masharipov, Javohir Siddiqov (Ikrom Aliboyev 68), Eldor Shomurodov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:06, 13.01.2019.
O'qildi: 6406 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.