Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Asian Cup. O‘zbekistonning nimchorak finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Asian Cup. O‘zbekistonning nimchorak finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Osiyo Kubogining «F» guruhi ishtirokchisi O‘zbekiston termasi yakshanba kuni Turkmanistonni mag‘lub etib, muddatidan oldin pley-off raundiga yo‘llanma oldi. Tabiiy ravishda jamoaning keyingi bosqichdagi raqibi kim bo‘lishi masalasida savollar tug‘ilmoqda.

Avvalo, shunga aniqlik kiritib o‘tish kerakki, O‘zbekiston guruh g‘olibligini qo‘lga kiritishi uchun oxirgi turda Yaponiya bilan durang o‘ynashi kifoya. Reglamentga ko‘ra, ochkolar teng kelgan holatda avvalo o‘zaro o‘yinlar nisbatiga qaraladi; agar ochkosi teng jamoalar soni ikkita bo‘lsa va o‘zaro to‘qnashuvda durang kuzatilsa, u holda guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda qayd etilgan to‘plar nisbatiga ahamiyat qaratiladi.

Shu jihatdan ham 2-turda Turkmaniston to‘rtta to‘p farqi bilan mag‘lub etilgani ayni muddao bo‘ldi. Yaponiya turkmanlar bilan ilk turda uchrashib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi; Ummon bilan ham minimal 1:0 hisobi qayd etildi. Demak, 3-tur oldidan O‘zbekiston +5 (6-1), Yaponiya esa +2 (4-2) to‘plar nisbatiga ega.

O‘zbekiston guruhda birinchi o‘rinni egallashi shunisi bilan ahamiyatliki, «F» to‘rtligining ikkinchi o‘rindagi vakili nimchorak finalda «B» kvartetida ikkinchi bo‘lgan terma jamoa bilan to‘qnash keladi.

«B» guruhida Avstraliya o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyat sababli birinchi o‘rinni Iordaniyaga boy berib bo‘lgan. Keyingi pog‘ona band etilishi uchun ertaga Suriya bilan kamida durang qayd etilsa bas. Suriya dastlabki ikki o‘yinda ham gol ura olmaganini e’tiborga olsak, bu vazifa «kengurular» uchun qiyinchilik tug‘dirmasligini taxmin qilish mumkin.

Demak, Ektor Kuper payshanba kuni Yaponiyani mag‘lub etishi yoki durangga erisha olishi kerak. Aks holda, yaponlardan qabul qilingan mag‘lubiyatdan to‘rt kun o‘tib, Avstraliyaga qarshi maydonga chiqishga to‘g‘ri keladi. Teskari variantda esa Yaponiya–Avstraliya juftligi yuzaga keladi va chempionlikka da’vogar ikki jamoadan biri nimchorak finaldayoq turnir bilan xayrlashadi.

O‘zbekiston guruh g‘olibligini qo‘lga kirita olgan taqdirda, shu kuni Yaponiya bilan o‘yin yakuniga yetganidan so‘ng boshlanadigan Saudiya Arabistoni –Qatar uchrashuvida yengilgan jamoani pley-offda kutib oladi. Ikki arab jamoasi durang o‘ynasa, to‘plar nisbatiga ko‘ra Saudiya O‘zbekiston qarshisidan chiqadi.

Saudiya Arabistonini ham, Qatarni ham oxirgi ikkita Osiyo Kubogida mag‘lub etganmiz. Arablar to‘sig‘idan so‘ng chorak finalda katta ehtimol bilan Iordaniya bilan o‘ynashga to‘g‘ri keladi. Sensasiyalar kuzatilmagan taqdirda yarim finalda Eron terma jamoasiga duch kelishimiz mumkin.

Manba: Tribuna
Kiritildi: 11:22, 14.01.2019.
O'qildi: 25204 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.