Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Kallum Xadson-Odoi kelajagi borasida muhim qaror qabul qildi.
Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi yangi shartnoma borasidagi taklifni rad etdi va jamoadan uni “Bavariya”ga qo‘yib yuborishlarini so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum futbolchi 9 ta o‘yinda 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan.