Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Qatar yoki Avstraliya

Qatar yoki Avstraliya

Baho:
+ | -

Hozirda guruhdan chiqish masalasi hal bo‘lganidan xabaringiz bor, lekin Osiyo kubogi faqat guruh bosqichidan iborat emas. Bundan buyog‘iga play-off dagi imkoniyatlarimizni baholab ko‘ramiz.

Guruhda 1-o‘rin.

Play-off da katta ehtimol bilan Qatar yoki Saudiya Arabistoni.

Bu variant biz uchun qulayroq vaziyatni taqdim etadi. Sababi, Qatar termasi biz uchun so‘nggi yillarda u qadar qiyinchilik tug‘dira olmayotganini ko‘plab muxlislarimiz e’tirof etishmoqda.

Futbolda psixologik ustunlik katta rol o‘ynashi hech kimga sir emas. Termamiz Qatarni har qanday vaziyatda ham mag‘lubiyatga uchratgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi deb umid qilib qolamiz. Agar, biz xohlagandek guruhda birinchi o‘rinni olishning uddasidan chiqa olsak, Play-off dagi ilk raqibimiz nisbatan osonroq bo‘ladi.

Guruhda 2-o‘rin

Avstraliya yoki kichik ehtimol bilan Suriya.

O‘ylab qaralsa, bu o‘rin ham biz uchun katta yo‘qotish degani emas. Sababi shundaki, agar biz 2-o‘rinni qayd etsak, katta ehtimol bilan Avstraliya termasiga qarshi bahs yuritamiz. Turnirning amaldagi chempionlarining ishlari u qadar yurishmayotganiga qaraganda, hozir ularni yengsa bo‘ladi. 2-o‘rin biz uchun omadli kelishi ham mumkin, sababi, Sokeruzlar himoyaviy futbol ko‘rsatadigan jamoaga qarshi uchrashuvlarda katta qiyinchiliklarga uchrashlarini biz Iordaniya termasiga qarshi uchrashuvda ko‘rdik. Bu o‘yinni, albatta, Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi yaxshilab o‘rganib kerakli xulosalarni chiqarishsa, bu uchrashuvda g‘alaba qozonish imkoniyatimiz Avstraliyanikidan kam emas. Bu varyantning yana bir qulay jihati shundaki, play-off ning ilk bosqichidan o‘ta olsak, buyog‘iga katta ehtimol bilan maydon egalari bilan to‘qnashamiz.

To‘gri, mezbonlar bilan bo‘ladigan uchrashuvlar doimo qiyin kechgan, lekin hozirgi BAA avvalgi BAA dan sezilarli daraja kuchsizroq.

Umumiy qilib aytganda, bu shunchaki taxminlar, xolos. 3- turdan so‘ng hammasi birdaniga o‘zgarib ketishi ham hech gap emas. Osiyo kubogidagi yurishimiz chempionlik bilan tugashini istasak, jamoa tanlamasdan o‘ynashni o‘rganishimiz shart! Aks holda, eng yuqori natijamiz yarim finalligicha qolib ketaveradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:05, 15.01.2019.
O'qildi: 15025 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.