Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Osiyo Kubogi kundaligi, 14-kun. Hech kimda qo‘rquv yo‘q, yaponlardan cho‘chimaymiz ham!

Osiyo Kubogi kundaligi, 14-kun. Hech kimda qo‘rquv yo‘q, yaponlardan cho‘chimaymiz ham!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston  milliy terma jamoasi Al-Aynda Yaponiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik olib bormoqda. Kuper futbolchilarni Yaponiyaga qarshi "jangovar" ruhiyatda tayyorlamoqda.

Hech kimda qo‘rquv yo‘q, raqibdan cho‘chish ham yo‘q. Chempion bo‘lmoqchimizmi? Marhamat! Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya kabi terma jamoalarga baribir duch kelamiz bu yo‘lda. Shu sababdan ularga qarshi o‘ynashni, ularni yutishni o‘rganishimiz kerak. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q!

Mashg‘ulotlar bugun qiziqarli o‘tdi. Futbolchilar yaxshi kayfiyatda mashg‘ulot olib bordi. Bizning mashg‘ulot bo‘lib o‘tayotgan maydonning yonginasida Avstraliya – Suriya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Stadionning shovqini shundoq eshitilib turdi.

Shovqinga qarab, kim hujum qilayotgani-yu, qaysi jamoa gol urganini o‘zimiz uchun aniqlab turdik. Suriyani qo‘llab-quvvalashga juda ko‘plab muxlislar tashrif buyurganini ta’kidlab o‘tish kerak.

Ba’zilar joy yetmaganidan, hattoki, stadion yonidagi adirni ustiga chiqib, o‘yinni tomosha qildi. Mana sizga muxlislik!

Suriya Avstraliyadan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi. Lekin muxlislar bu jamoadan xafa bo‘lishmasin. Suriyaliklar astoydil harakat qildi, maydonda bor kuchlari bilan to‘p surdi. Yaponiyalik jurnalistlar mashg‘ulotni alohida qiziqish bilan kuzatdi.

15 daqiqadan keyin mashg‘ulotni tark etishni so‘raganimizda ham, ortiqcha e’tiroz bildirmay, jilmayib, ta’zim qilgancha chiqib ketishdi. Kuper o‘zbekistonlik jurnalistlarga esa mashg‘ulot oxiriga qadar maydonda qolishga ruxsat berdi.

Shuncha yo‘l bosib, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan ekan, 15-daqiqadan keyin chiqarib yuborsak, chiroyli ish qilmagan bo‘lamiz, dedi Kuper. “Faqat bizga halaqit qilishmasa bo‘lgani!”.

Albatta, o‘zimizning jurnalistlar terma jamoaga halaqit qilgani yo‘q. Ular ham bir oila bo‘lib, bizga yordam berishga, o‘z maqolalari, materiallari bilan ruhan dalda bo‘lishga intilishmoqda.

Xullas, katta g‘alabalarni istar ekanmiz, birlashishimiz kerak. Birlashishimiz zarur! Turli shaxsiy manfaatlar, g‘arazlar, hasadlarni yig‘ishtirib qo‘yib, qo‘lni qo‘lga berib ishlashimiz kerak. Shunda kerakli natija ham uzoq kutilmaydi!

Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati

Al-Ayn, BAA

Manba: UFA
Kiritildi: 23:44, 15.01.2019.
O'qildi: 6100 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.