Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yaponiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi qanday tayyorlanmoqda? (foto+video)

Yaponiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi qanday tayyorlanmoqda? (foto+video)

Baho:
+ | -

14 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan BAAning Abu-Dabi shahrida mashg‘ulotlarni boshladi.

Xabaringiz bor, Yaponiya “F” guruhining bo‘lib o‘tgan ikki turida ham g‘alaba qozonib, 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston terma jamoasida ham xuddi shunday natija bo‘lib, ular faqat to‘plar nisbati bo‘yicha guruhda yetakchilikni qo‘lga olishgan. Endilikda 3-tur o‘yini guruhda kim yaqqol favorit ekanligini aniqlab beradi.

Mashg‘ulot mahalliy vaqt bilan 11:00 da boshlandi va 14:00 da yakuniga yetdi. Yaponiyaning Ummonga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda o‘tkazgan futbolchilari tiklanish uchun mashg‘ulotda ishtirok etmadi.

Ummonga qarshi o‘yinda zahiradan maydonga tushgan Yosinori Muto (Nyukasl Yunayted) va Dzyunya Ito (Kashiva Reysol) esa ushbu mashg‘ulotda qatnashdi.

Yaponiyalik futbolchilar mashg‘ulotni jarima zarbalarini amalga oshirish, uzoq paslar va kuchli fitnes mashqlari bilan yakunlashdi.

Quyida axborot hamkorimiz “WorldNews” nashrining Yaponiya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi dastlabki mashg‘ulotidan tayyorlagan videolavhasini tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: WorldNews
Kiritildi: 00:27, 16.01.2019.
O'qildi: 9182 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик