Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Maya Yoshida: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda yoshlarga imkoniyat berish kerak»

Maya Yoshida: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda yoshlarga imkoniyat berish kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

Akmal Eshonxonov

Al-Ayn shahridan maxsus

Yaponiya terma jamoasi ertaga, 17 yanvar kuni Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Bo‘lajak o‘yin oldidan Angliyaning “Sautgempton” klubi hamda Yaponiya termasi sardori Maya Yoshida O‘zbekistonga qarshi o‘yinda murabbiy yoshlarga e’tibor berishi kerakligini aytib o‘tdi.

“Albatta, O‘zbekistonga qarshi o‘yinda qanday natija qayd etishimiz bevosita murabbiyga bog‘liq. Chunki tarkibni u tanlaydi. Ikki o‘yinda ham g‘alaba qozondik. Uchinchi o‘yin qiyin bo‘ladi, balki murabbiy O‘zbekistonga qarshi yoshlarni maydonga tushirishi ham mumkin.

Osiyo kubogi musobaqasida yosh jamoadoshlarim ham o‘zlarini sinab ko‘rishlarini istardim. Bu turnir katta bozor va yoshlarga kelajakda yaxshi klublarda o‘ynashlari uchun katta imkoniyat. Ular shu yo‘l bilan terma jamoaning asosiy futbolchilariga ham aylanishlari mumkin.

Albatta, rasmiy uchrashuv bosimi o‘rtoqlik o‘yinidan umuman farq qiladi. Ammo men bu o‘yinda jamoa ichki muhitidagi ahillikni kuchaytirish uchun ham yoshlarga imkoniyat berish kerak deb o‘ylayman. Menimcha, bu bizga qo‘shimcha kuch beradi, shunday usul bilan jamoani to‘g‘ri yo‘lga to‘g‘irlash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi tur uchrashuvini O‘zbekiston milliy terma jamoasi Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqaradi.

Manba: STADION
Kiritildi: 13:59, 16.01.2019.
O'qildi: 6027 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.