Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Takumi Minamino: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda xatoga yo‘l qo‘ymayman»

Takumi Minamino: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda xatoga yo‘l qo‘ymayman»

Baho:
+ | -

Ertaga, 17 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin oldidan yaponiyaliklar hujumchisi Takumi Minamino bahs haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Avvalgi o‘yinda ko‘plab vaziyatlarni qo‘kka sovurdim. Ammo bundan tashvishlanmayman. Chunki gol urmagunimga qadar darvoza tomon zarba berishdan charchamayman. O‘tgan o‘yindan muhrlangan videotasmalarga qaraganimda, ko‘proq o‘ng burchakka intilganimni ko‘rdim. Umid qilamanki, O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymayman. Chet elga 19 yoshimda ketganman. Oradan 4 yil o‘tdi. Vaqt tez o‘tyapti, ammo hozirgi holatimdan mamnun emasman. Kuchli futbolchi bo‘lish uchun yanada ko‘proq o‘z ustimda ishlashim kerak”, -deydi Minamino.

Ma’lumot o‘rnida, Minamino Avstriyaning “Red Bul Zalsburg” jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi tur uchrashuvini O‘zbekiston milliy terma jamoasi Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqaradi.

Ta’kidlab o‘tamiz, Minamino Ummon - Yaponiya uchrashuvida raqibni ushlab qolgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolangan edi. Ushbu harakati uchun OFK futbolchini 5000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi.

Jaloliddin Qobiljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:35, 16.01.2019.
O'qildi: 5047 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик