Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo davlatlaridagi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston terma jamoasi haqida nimalar yozishmoqda?!

Osiyo davlatlaridagi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston terma jamoasi haqida nimalar yozishmoqda?!

Baho:
+ | -

Avstraliya

«ABC News» nashri bugun qiziq bir maqola e’lon qildi. Maqolaning eng shirin joylarini sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik. Qizig‘i shundaki, Avstraliya matbuoti bizning saytlarni yaxshigina kuzatishar ekan.

“O‘zbekiston terma jamoasi guruhida 1-o‘rinda bormoqda. Ular jon-jahdlari bilan shu o‘rinni ushlab qolishga harakat qilishlari aniq. Sababi, Saudiya Arabistoni yoki Qatar bilan kechadigan o‘yin ular uchun anchayin qulay. Yaponiya terma jamoasiga keladigan bo‘lsak, ularda ham xuddi bizdek «o‘tish davri» ketmoqda. Ular guruh bahslarida O‘zbekistonga nisbatan ko‘proq qiynalishdi. O‘zimizga keladigan bo‘lsak, ishlar pachava. Termamiz qax,ramoni va yetakchisi Tim Kehilning yo‘qligi bizga juda ham pand bermoqda”

Qatar

Qatar terma jamoasi iloji boricha bizni aylanib o‘tmoqchi. Ular bunga sabab sifatida milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyini ko‘rsatishmoqda.

“«Doimiy finalchi» laqabli murabbiy ularning o‘yinini yanada takomillashtirgani Turkmaniston bilan bo‘lgan uchrashuvda yaqqol ko‘rindi. O‘zbekiston o‘yindan-o‘yinga kuchayib boraveradi”,- deya xabar bermoqda mahalliy pressa.

Qatarliklar guruhda 1-o‘rinni olishlari shart ekanligini Qatar matbuot va saytlari qayta-qayta bong urmoqda. Ayniqsa, «QFA.qa» sayti Qatar termasi uchun eng noqulay raqiblar reytingini ham tuzib chiqishga ulgurgan ekan. O‘sha reytingda bizning terma jamoamiz Qatar termasiga Janubiy Koreyadan ham havfliroq va noqulayroq raqib deya ko‘rsatilgan. Qisqacha qilib aytganda, ular o‘z guruhida birinchi o‘rinni olish uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani amalga oshirishlari aniq

Yaponiya

Yaponiya ommaviy axborot vositalari o‘z terma jamoalarini qattiq tanqid ostiga olishmoqda. «Ko‘k samuraylar» Osiyo kubogidagi Ummon va Turkmaniston termalariga qarshi kechgan o‘yinlardan so‘ng yaxshigina bosim ostida qolishgan. Yaponiyaning eng mashxur sayti bo‘lgan «JFA.jp» ning yozishicha turnirda qatnashayotgan Yaponiya termasi kunchiqar yurtning yaqin o‘tmishidagi eng kuchsizi deya e’lon qilgan.

Biz shu saytdan olingan qiziq bir intervyuni e’tiboringizga havola etamiz

«O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Biz ularga qarshi kechadigan uchrashuvda iloji boricha ularni to‘psiz o‘ynashga majbur qilamiz. Yaponiya Osiyodagi har qanday raqibni mag‘lubiyatga uchratishga majbur jamoa! Avvalgi ikkita o‘yinimizdan futbolchilarning ham ko‘ngli to‘lmadi. Kelgusi o‘yinda to‘liq kuchimizni sarflab bo‘lsa ham, O‘zbekistonga muammolar yaratishga harakat qilamiz»,- deb intervyu bergan Yaponiya terma jamoasi a’zosi Gondo Shuichi.

Saudiya Arabistoni

«Sahro Lochinlari» o‘z kuchlariga har doimgidanda ko‘proq ishonishmoqda. Ularning asosiy e’tibori Qatarga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratilgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Bunga boshqa siyosiy sabablar ham ko‘rsatilgan. Xatto ba’zi saytlar «Bu uchrashuvdagi g‘alaba – turnir chempionligiga teng!»,- deb ham yozishmoqda! Saudiyani hozircha Qatardan boshqa mavzu qiziqtirmayapti.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, endi terma jamoamiz hech kimdan qo‘rqmasligi kerak. Shuncha yillik hadikni bir chetga surib, Avstraliyami, Yaponiyami, Eronmi, farqi yo‘q, yo‘limizda uchragan to‘siqlarni yengishning ayni payti. Jamoamiz birlashib, o‘z kuchiga ishongan holda o‘yin ko‘rsatsa, ularni hech kim yenga olmaydi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:14, 16.01.2019.
O'qildi: 22462 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.