O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildib o‘tdi.
"Yaponiyaga qarshi terma jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Ammo mag‘lubiyatga uchrash hamisha yoqimsiz. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Terma jamoada ichki muhit a’lo darajada, barcha keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oldinga qarab intilish kerakligini barcha yaxshi tushunib turibdi. 21 yanvar kuni bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi, bu uchrashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, boshqa yo‘l yo‘q.
Osiyo Kubogining amaldagi sohibini taslim etish oson emas, albatta. Avstraliya kuchli terma jamoa. Ammo katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz, deb o‘ylayman. Ortimizda butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlab turganini his qilmoqdamiz. Bu bizga juda katta kuch bermoqda. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q!", - dedi Odil Ahmedov.
Esanov legionerga aylanishi mumkin [4096]
Gavi «Barselona»ni tark etishi mumkin — ikki top-klub qiziqmoqda [3949]
"Bavariya"dagi raqobatdan "Real" foydalanishi mumkin [2557]
Messiga tarixiy rekordgacha yana ikki gol qoldi [2464]
Edegor: "Ronalduning menga bo‘lgan munosabatini hech qachon unutmayman" [2246]
Tahlilchilar «Siti»ning Premyer-ligadan chiqarilish ehtimolini hisobladi [2095]
Jezush Ronalduni nega maydonga tushirmaganini tushuntirdi [2001]
Edegor Bernardu Silva haqida: «U aqldan ozdi» [2000]
Rafinyaga «Barselona»dan ko‘proq maosh taklif qilishga tayyor klublar bor [1972]
Kunde uchun kurash qiziydi [1782]













