Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Asian Cup. Guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari TOP-10

Asian Cup. Guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari TOP-10

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi. Guruh bosqichida o‘yini ko‘rsatgan futbolchilar yetarlicha bo‘ldi. OFK rasmiy sayti Osiyo kubogi-2019 guruh bosqichida o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi 10 nafar futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. E’tiborlisi mazkur ro‘yxatdan musobaqa kashfiyotlaridan deya e’tirof etilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi to‘purari Eldor Shomurodov ham o‘rin olgan.

Salim Ad Dovsariy (SAUDIYA ARABISTONI)

Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zosi Salim Al Dovsariy guruh bosqichida jamoasining g‘alabalariga o‘z yordamini qo‘shdi. Futbolchi so‘nggi Qatar bilan kechgan bahsni hisobga olmaganda u guruh bosqichini yomon o‘tkazmadi. Shuningdek, futbolchi KXDR terma siga qarshi kechgan bahsda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga ham erishdi.

Almoyez Ali (QATAR)

Osiyo Kubogi-2019 ning ayni damdagi to‘purari Almoyez Ali guruh bosqichning o‘zidayoq raqiblar darvozasiga 7 ta to‘p kiritishga erishdi. Futbolchi KXDRga qarshi kechgan bahsda “poker” qayd etdi. Shu tariqa, Almoyez Osiyo kubogi tarixida bitta o‘yinda 4 ta gol urgan 5 futbolchiga aylanib oldi.

Ashkan Dejaga (ERON)

32 yoshli yarim himoyachi Eron terma jamoasida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. U jamoaning hujumlarini tashkil qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, futbolchi Yamanga qarshi kechgan bahsda jarima zarbasidan super gol kiritdi.

Yasen Baxet (IORDANIYA)

Iordaniya terma jamoasi musobaqa kashfiyotlaridan biri bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Jamoa birinchi turda Avstraliyani mag‘lub etishini hech kim o‘ylamagan edi.YAsen guruh bosqichida raqib himoyachilarining haqiqiy muammosiga aylandi. Uning faol harakatlari evaziga Iordaniya guruhda birinchi o‘rin bilan pley-offga birinchi bo‘lib yo‘l oldi.

Nguyen Kuan Xay (VYETNAM)

Janubiy-SHarqiy Osiyodagi futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Nguyen guruh bosqichini yomon o‘tkazmadi. Futbolchi jamoaning pley-offga yo‘l olishida katta hissasini qo‘shdi. Futbolchi guruh bosqichida 1 ta gol urishga erishdi.

Kim Min Je (JANUBIY KOREYA)

Ishonasizmi? Guruh bosqchidan so‘ng Janubiy Koreya terma jamoasining to‘purari jamoa himoyachisi Kim Min Je hisoblanadi. Uning hisobida 2 ta gol mavjud.

22 yoshli himoyachi 3 ta o‘yinda nafaqat himoyada balki hujumda ham o‘zini ko‘rsata oldi.

Mohanad Ali (IROQ)

18 yoshli Mohanad Ali Iroq terma jamoasida yetishib chiqayotgan iqtidorlardan biri hisoblanadi. Futbolchi Yamanga qarshi bahsda raqib himoyachilarini xar ko‘yga solib o‘ynadi.

Yosh futbolchi guruh bosqichida 2 ta gol urib jamoaning yetakchilaridan biri ekanligini isbotladi.

Aver Mabil (AVSTRALIYA)

Birinchi o‘yinda Iordaniyaga mag‘lub bo‘lgach, Grahm Arnold ikkinchi Falastinga qarshi bahsda bir qator o‘zgartirishlarga qo‘l urdi. Ulardan biri yosh hujumchi Aver Mabil edi. Guruhdagi qolgan ikki o‘yinda futbolchi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Yuto Nagatomo (YAPONIYA)

Yaponiya terma jamoasi avlodlar almashuvini o‘tkazayotgan bo‘lsada, ba’zi narsalar hech qachon o‘zgarmaydi va Yuto Nagatomo ulardan biri.

32 yoshli himoyachi jamoaning “qariyalari”dan biri hisobllandi. Ammo yosh mazkur “samuray” uchun ahamiyat kasb etmaydi. Futbolchi ayni damda o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazmoqda.

Eldor Shomurodov (O‘ZBEKISTON)

Mutaxassislar tomonidan musobaqaning haqiqiy kashfiyotlaridan biri deya e’tirof etilayotgan futbolchi bu O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov. Eldor guruh bosqchining 3 ta o‘yinida 4 ta gol urishga erishdi. Futbolchi ayni damda to‘purarlar poygasida Almoyez Alidan so‘ng ikkinchi o‘rinda bormoqda.

23 yoshli futbolchimiz pley-ofdda ham Avstraliya terma jamoasi darvozasiga to‘p kiritib “Oq bo‘rilar”ni chorak finalga chiqishida o‘z hissasini qo‘shadi degan umiddamiz.

Jaloliddin Qobiljonov

 

Manba: www.the-afc.com
Kiritildi: 15:28, 19.01.2019.
O'qildi: 12730 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.