Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Osiyo kubogi-2019. Pley-offda kimning imkoniyati ko‘proq?! (1-qism)

Osiyo kubogi-2019. Pley-offda kimning imkoniyati ko‘proq?! (1-qism)

Baho:
+2 | -

Bugun xorij nashrlari Osiyo kubogida pley-offning keyingi bosqichiga chiqish uchun qaysi jamoada necha foiz imkoniyat bor ekanligini hisoblab chiqishgani haqida xabar chiqqan edi. Biz ham saytimiz xodimlari bilan birgalikda pley-off o‘yinlarini tahlil va taxmin qilib ko‘rishga urinib ko‘rdik.

Iordaniya 60% – 40% Vetnam

Bu juftlikda Iordaniya termasi bejiz fovorit hisoblanmayapti. Sababi, «hoshimiylar» Avstraliya, Suriya singari Osiyoning grand jamoalarini yer tishlatib guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishdi. Ustiga-ustak Borkelmans shogirdlari himoyada mustahkam, qarshi hujumda esa tezkor o‘yin ko‘rsatishmoqda. Vyetnamda esa o‘z guruhida 3-o‘rin bilan keyingi boqichga chiqqani uchun emas, futbolchilarning tajribasizligi evaziga g‘alaba qozonish imkoniyati biroz pastroq.

Tailand 42% – 58% Xitoy

Tailand termasi ilk turdagi kutilmagan mag‘lubiyatga qaramasdan, keyingi turlarda burilish yasay olishdi. Sharqiy Osiyo jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Xitoy bu juftlikda yaqqol g‘oliblik uchun asosiy da’vogar desak, adashgan bo‘lamiz. Xitoy futbol uchun katta mablag‘lar ajratgani bilan baribir, Osiyoning o‘rtamiyona jamoasi ekanligini Janubiy Koreya bilan bo‘lgan o‘yinda sezdirib qo‘ydi. Xitoy termasini Marchello Lippi boshqarayotgani uchun ham bu juftlikda Xitoyning imkoniyatini yuqoriroq baholaymiz.

Eron 75% – 25% Ummon

 

Eron termasi bu turnirda yaqqol fovorit deya qayd etilmoqda. Karlos Keyrush shogirdlari hozir o‘zlarining pik formalariga chiqishgan. Terma jamoadagi futbolchilar Eron xalqiga anchadan beri kutayotgan chempionlik bilan uylariga qaytishga va’da berishgan ekan. Eron xohlasak-xohlamasak bugungi kunda Osiyoning 1-raqamli jamoasi.

Ummon termasi 3-o‘rinni olgan termalarning eng omadsizi desak, adashmagan bo‘lamiz. Juda qiyin kechgan guruh o‘yinlaridan so‘ng pley-offda ularni Eron kutmoqda. Ummon agar mo‘’jiza ko‘rsatmasa, bu uchrashuvda ularda g‘alaba qozonish uchun deyarli imkon yo‘q!

Yaponiya 50% –50% Saudiya Arabistoni

Yaponiya bu uchrashuvgacha guruhda hech kimga mag‘lubiyatga uchramadi va buni davom ettirishga harakat qiladi. Esingizda bo‘lsa, JCHga so‘nggi saralashda Saudiya Arabistoni bilan bitta guruhdan joy olgan edi. O‘sha guruhda saudiyaliklar birinchi, «samuraylar» esa ikkinchi o‘rinni qayd etgan edi. Azaliy raqiblar pley-offda yana to‘qnash kelishdi. Saudiya qit’amizning nomdor jamoalaridan biri. Saudiya bor kuchini shu o‘yinga tashlashi aniq. Sababi, agar Yaponiya to‘sig‘idan o‘ta olishsa, keyingi raqib u qadar kuchli bo‘lmaydi. Bu uchrashuvda qanday natija qayd etilishi noma’lum, lekin uchrashuv shiddadli o‘tishi aniq.

Umar Ali Shonodirov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:42, 19.01.2019.
O'qildi: 8048 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.