Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Alli qachon safga qaytishi ma’lum

Alli qachon safga qaytishi ma’lum

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Dele Alli Angliya chempionatining 23-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) jarohat olgandi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra futbolchining tizza osti paylari shikastlangan. Londonliklar rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 22 yoshli futbolchi mart oyining boshida mashg‘ulotlarga qaytishi mumkin.

Shu tariqa, Alli Anliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi javob o‘yini, YECHL 1/8 finalidagi «Borussiya D»ga qarshi bahslar va APLdagi bir qator uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Xarri Keyn, Lukas Moura, Musa Sissoko kabi futbolchilar jarohat sabab «shporlar» lazaretidalar. Bundan tashqari jamoa yetakchilarinidan biri Son Hin Min Osiyo Kubogi musobaqasida qatnashish uchun Janubiy Koreya termasiga yo‘l olgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:42, 23.01.2019.
O'qildi: 2941 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик