Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos 28 yanvar kuni poytaxtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Shu kuni Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi.
Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi.
Shundan keyin braziliyalik futbolchi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg‘alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.
Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalarini mazkur tadbirlarni yoritishga va matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.
Jaloliddin Masharipov JCH-2026 qaydnomasidan chiqariladi [18634]
«Barselona» Bernardu Silvaning bayonotidan hayratda [7065]
«Real» o‘z yulduzlaridan biri bilan xayrlashadi [5015]
O‘FA Jaloliddin Masharipov bilan bog‘liq vaziyat haqida xabar berdi [4352]
Ekspert O‘zbekiston terma jamoasi AQSHda tekshiruvdan o‘tkazilganiga ehtimoliy sabablarni aytdi [3654]
“Real” “Barselona” rejalarini barbod qilishi mumkin [3206]
O‘zbekiston 2 ta o‘rtoqlik o‘yini orqali FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi? [3054]
Irismetov JCH–2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligini aytdi [2994]
Pas «Real» va «Komo» o‘rtasida tanlov qildi [2646]
Rasman! «Real» Xulian Alvares uchun «Atletiko»ga 150 million yevro taklif qilganini ma’lum qildi [2634]













