Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Angliya Liga kubogi. «Chelsi» «Tottenxem»ni yengib, finalga yo‘l oldi

Angliya Liga kubogi. «Chelsi» «Tottenxem»ni yengib, finalga yo‘l oldi

Baho:
+-1 | -

Angliya Liga Kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Chelsi" – "Tottenxem" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur bahsda mezbonlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Ngolo Kante uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Eden Azar jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida mehmonlar Fernando Lyorentening golidan so‘ng hisobni qisqartirishdi. Qolgan vaqt davomida ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar sodir bo‘ldi, biroq darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi.

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:2 hisobi qayd etildi va penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda omad ko‘klarga kulib boqdi.

"Chelsi" finalda "Manchester Siti" bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya Liga Kubogi
Yarim final, javob bahsi

Chelsi – Tottenxem 2:1 (2:0, 0:1) pen. 4:2

Gollar: 1:0 – 27 Kante, 2:0 – 38 Azar, 2:1 – 50 Lyorente.

Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Emerson, David Luiz, Kante, Barkli (Kovachich, 81), Pedro (Villian, 76), Jorjinyo, Azar, Jiru.

Tottenxem – Gassaniga, OrYE, Vertongen, Devis (Rouz, 33), Alderveyreld, Sissoko (Sanches, 80), Eriksen, Dayer, Uinks, Lamela, Lyorente (Lukas Moura, 68).

Ogohlantirishlar: Jorjinyo (53), Kante (56), Aspilikueta (66), Sissoko (73).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:13, 25.01.2019.
O'qildi: 7028 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик