Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Yosh snoubordchilar kuchlilarni aniqlashdi

Yosh snoubordchilar kuchlilarni aniqlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

24-25 yanvar kunlari «Chimyon» sport-sog‘lomlashtirish maskanida snoubord bo‘yicha Respublika turniri o‘tkazildi. 

Dasturga ko‘ra, musobaqa qaydnomasiga kiritilgan 25 nafar sportchi ikki xil, slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida kuch sinashishdi. Slalomda 2003 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi qizlar o‘rtasida bosh sovrin Valeriya Mayorovaga topshirildi. Uning asosiy raqibi Yelizaveta Zibisker 2-bo‘ldi. 1998-2002 yillarda tug‘ilgan qizlar bahsida Dinara Jubayeva g‘olib chiqdi. U Yekaterina Lyabinani ortda qoldirdi. 16 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasida Elnur Mirzaliyev g‘olib chiqdi. Shaxzod va Azamat Isroilovlar shu tartibda keyingi o‘rinlarni egallashdi. 1998-2002 yillarda tug‘ilgan sportchilardan iborat guruhda shohsupaning yuqori pog‘onasiga Bekzodbek Isroilov ko‘tarildi.

Kumush medal Ruslan Mirzaliyevga, bronza esa Qayrat Mirzaxmetovga nasib etdi. Gigant-slalom bahslarida Yelizaveta Zibisker va Valeriya Mayorova shohsupadagi o‘rinlarini almashishdi. Dinara Jubayeva va Yekaterina Lyabina esa shohsupada xuddi slalomdagidek joylashishdi. 16 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasida Elnur Mirzaliyevga teng keladigan topilmadi. 2-o‘rinni Shahzod Isroilov, 3-o‘rinni Elbek Patullayev band etdi. 1998-2002 yillarda tug‘ilgan sportchilar guruhida eng yaxshi natijani Bekzodbek Isroilov ko‘rsatdi. Keyingi sovrinli o‘rinlarga Ruslan Mirzaliyev va Qayrat Mirzahmetov sazovor bo‘ldi.

Manba: minsport
Kiritildi: 12:45, 26.01.2019.
O'qildi: 1713 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.