Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Roberto Karlos O‘FA maydonida bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi

Roberto Karlos O‘FA maydonida bolajonlar uchun master-klass namoyish qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. "Real" klubining sobiq a’zosi dastlab O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi. Unga milliy choponimiz va do‘ppimiz sovg‘a qilindi.    Shundan so‘ng, braziliyalik jahon chempioni  yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida tashkil etilgan master-klassda ishtirok etdi. U turli futbol maktablaridan kelgan bolajonlar uchun mahorat darslarini namoyish qildi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tojiyev, Eldor Magdeev, Bahodir Ahmedov, Aleksandr Xvostunov, Aleksey Roshin kabi futbolchilardan tashkil topgan "Paxtakor" va O‘zbekiston terma jamoasining faxriylari ishtirok etishdi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p surdi. Uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi faxriylarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Karlos gollardan biriga mualliflik qilganini ham ta’kidlab o‘tish zarur.    Shundan keyin Roberto Karlos Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan bolajonlar va boshqa futbol maktablari tarbiyalanuvchilariga turli sovg‘alar taqdim qildi. 


 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:01, 28.01.2019.
O'qildi: 5316 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.