Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

PFL O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan bitim tuzdi

PFL O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan bitim tuzdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini hamda futbolni targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, sport va xususan, futbolni targ‘ib etuvchi turkum, respublika va xalqaro musobaqa va tadbirlar tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilinishi borasida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Professional futbol ligasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Memorandumga asosan talabalar o‘rtasida futbol bilan shug‘ullanish, ularda milliy chempionatimiz va klublarimizga bo‘lgan qiziqishni orttirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. 

Jumladan, talabalar o‘rtasida Superliga klublari emblemalari tushirilgan futbolka, kepka va boshqa ekipirovkalarni ko‘proq targ‘ib etish yo‘lga qo‘yiladi. PFL tomonidan Oliy ta’lim muassasalarining havaskor futbol klublariga amaliy ko‘mak ko‘rsatib boriladi.

Qolaversa, oliy ta’lim muassasalarining havaskor jamoalarida faoliyat olib boruvchi iqtidorli yoshlarni klublarga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Hududlarda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashda futbol o‘yini uchrashuvlariga ularni ixtiyoriy jalb etish orqali yoshlarning futbolga qiziqishini yanada oshirib, yurtimiz jamoalarini muxlislar tomonidan munosib qo‘llab-quvvatlanishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, Oliy o‘quv yurti talabalari, akademik lisey va kollej o‘kuvchilari o‘rtasida ommaviy futbol musobaqalari, futzal va ayollar futboli bo‘yicha musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishda Professional futbol ligasi O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yaqindan ko‘mak beradi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:14, 28.01.2019.
O'qildi: 3109 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик