Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Roberto Karlos ishtirokida matbuot anjumani – afsona o‘zbek futboli, taomlar va mashhur goli haqida

Roberto Karlos ishtirokida matbuot anjumani – afsona o‘zbek futboli, taomlar va mashhur goli haqida

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, bugun jahon futboli afsonasi Roberto Karlos yurtimizga tashrif buyurdi. Braziliyalik jahon chempioni tashrifi davomida Milliy olimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ham ishtirok etdi.

«Kecha Barselonada edim. U yerda «Espanyol» hamda «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qildim. Bahs yakunlangach to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentga keldim. Bu yerda bolalar uchun master-klass o‘tkazdim, so‘ngra mehribonlik uyiga tashrif buyurdim, fotosessiyada ishtirok etdim. Bunday qiziqarli tadbirlarda ishtirok etib charchoq ham sezilmadi, aksincha kuch oldim. Bunday holat faoliyatimda birinchi marotaba bo‘lishi. O‘zbekistonga tashrifim uchun avvalambor O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga, Milliy olimpiya qo‘mitasiga va bunda ishtirok etgan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Shundan so‘ng OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekistondagi futbol akademiyalari jahon saviyasiga chiqishi uchun nima qilish kerak?

Futbol akademiyasini rivojlantirish uchun birinchi navbatda mashg‘ulotlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim. Shuningdek, malakali murabbiylar faoliyat olib borishi kerak. Bularning barchasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa akademiya ham kuchli bo‘ladi.

O‘zbek futboli va Odil Ahmedov haqida

Odil Ahmedov bilan yaxshi munosabatdamiz. Shuni ayta olamanki, o‘zbek futbolida salohiyat yetarli. O‘zbekiston futbolda yanada ko‘plab yutuqlarga erisha oladi. Menga o‘zbek futboli yoqadi. (izoh – Odil Ahmedov va Roberto Karlos o‘z vaqtida «Anji» safida birga to‘p tepgan)

Otasiga olib bergan uy haqida

Nafaqat Braziliyada, balki butun jahonda shunday bo‘lsa kerak – biz oilamiz haqida qayg‘uramiz. Men birinchi maoshimdan oilamga uy olib berganman. Shartnoma imzolayotgan paytimda ham o‘zim emas, oilam haqida o‘ylaganman. Ular hamon o‘sha uyda yashashmoqda.

Chempionlar ligasi, La Liga chempionliklarini jahon chempionati g‘olibligiga almashgan bo‘larmidi?

Bilasizmi buyuk futbolchilar nima haqida o‘ylashadi? Ular barcha sovrinlarni yutishni orzu qilishadi. O‘z navbatida men ham shu haqida o‘ylayman. Men barcha sovrinlarni yutdim. Jahon chempionati, chempionlar ligasi, La Liga chempionligi… Men ularning barchasini yutishni istardim. Tamom.

Terma jamoadagi sobiq jamoadoshlari bilan uchrashib turadimi?

Braziliya terma jamoasidagi faoliyatni yakunlanganimizdan so‘ng biz jahonning turli nuqtalariga ketdik. Masalan, Ronaldo Ispaniyada, Ronaldinyo Braziliyada, Kaka esa AQSHda. Biz faqat ijtimoiy tarmroq orqali gaplashib turamiz.

O‘zbekistondan taklif bo‘lsa qabul qiladimi?

O‘zbekistonga kelishdan birinchi maqsadim ushbu mamlakat madaniyati bilan tanishish. Shuningdek, o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishni istayman. Ammo, ayni paytda «Real» bilan besh yillik shartnomam bor.

Qaysi «Real» kuchli? «Galaktikos» yoki Zidanning YECHLni uch marotaba yutgan jamoasi?

Men «Galaktikos»ni kuchli deb aytgan bo‘lardim.

1997 yilda Fransiya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan gol haqida

Men mashg‘ulotlarga eng birinchi bo‘lib kelardim, eng oxirgi bo‘lib ketardim. Ushbu gol sizga yoqarmidi? Ko‘rganmisiz? Boshqa bunaqasini ko‘rmaysiz? (Zalda kulgu)

O‘zbek taomlari haqida

O‘zbek milliy taomi menga juda yoqadi. Ovqatingizni avval ham tatib ko‘rganman. Moskvada 3 yil yashaganman. U yerda o‘zbekcha taomlar restorani bor edi.

«Real» bilan shartnoma bor. U «Barselona»ga o‘tishi uchun nima ro‘y berishi kerak?

Juda qiyin va noodatiy savol bo‘ldi. Puyolni bilasiza? U ham Toshkentga kelgan, to‘g‘rimi? Uni «Real» libosida tasavvur qila olasizmi? Men ham u kabi «Real»ga juda sodiqman. (Matbuot anjumani davomida aynan shu savol eng yaxshi bo‘ldi va savol egasiga Roberto Karlosning dasxati tushirilgan to‘p sovg‘a qilindi).

Shu tariqa, Roberto Karlos ishtirokidagi matbuot anjumani yakuniga yetdi.

Tadbir so‘nggida, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov va vise-prezident Ahmadjon Rahimov tomonidan mehmonga esdalik sovg‘asi taqdim etildi. Roberto Karlos esa faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining dil so‘zlarini yozib qoldirdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:56, 28.01.2019.
O'qildi: 5792 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.