Yurtimizda yoshlar futboli yaxshi rivojlangan. Turli yosh toifasidagi jamoalarimiz muntazam ravishda katta turnirlarda o‘zlarini ko‘rsatib kelishmoqda. Afsuski hamma yosh iqtidorlarimiz ham terma jamoa darajasiga chiqa olishmayapti.
Akobir To‘rayev
Eron davlatida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan so‘ng o‘zbek muxlislarimiz yurtimiz futboliga yaxshi markaziy hujumchi kirib kelayotganidan hursand bo‘lishgandi. Afsuski, Akobirning kattalar futbolida omadi kelmadi. Shaxsan o‘zim uning Osiyo chempionatidagi o‘yinlaridan zavqlangan edim. Sababi, u chinakam 9-raqamga munosib hujumchi pozisiyasida ishonchli ko‘ringandi.
Markaziy hujumchilar o‘zbek futbolining so‘nggi yillardagi og‘riqli nuqtasi ekanligini hisobga olsak, u aynan biz kutayotgan o‘yinchi edi.Ichki chempionatimizdagi o‘rtamiyona jamoalarda o‘ynagan To‘rayev, afsuski, o‘sishdan to‘xtab qoldi va o‘z tengqurlaridan ortda qolib ketdi. U bilan Eronda o‘tgan turnirda qatnashgan Otabek Shukurov, Javohir Siddiqovlar allaqachon terma jamao darajasiga chiqishdi. Akobir esa Oliy ligamizdagi jamoalarda ham muqim joy ola olmadi.
Jamshid Iskandarov
O‘zbek futbolidagi eng kuchli pleymeker bo‘lishi kutilayotgan o‘yinchi hozirgi kunda o‘rtamiyona futbolchiga aylanib qoldi. Har-xil yosh toifadigi terma jamoalarimizdagi o‘yinlari bilan Yevropa klublarini ham qiziqtirib qo‘ygandi. «Paxtakor» mutasaddilarining u uchun talab qilgan summasi keragidan ortiqroq bo‘lgani sabab transfer amalga oshmagan edi. Keyinchalik jarohatlar Iskandarovni uzoq muddatga safdan chiqishiga olib keldi. Keyin zahira o‘rindig‘idagi joyini hech kimga bergani yo‘q. Arveladze klub murabbiyiga aylangach Jamshidga deyarli imkoniyat bermadi. Asosiy tarkibda Gonsalvesh( garchi bunga loyiq bo‘lmasada) uning o‘rnini to‘liqligicha egalladi. O‘zbek futbolidagiyana bir iqtidorni ayrim insonlar o‘z nafsi yo‘lida qurbon qilishdi.
Jamshid Boltaboyev
Nuraliyevning yoshlar terma jamoasi o‘zbek futboli uchun ilk qit’a chempionligini taqdim etgan edi. Ayniqsa 2013-yilda BAA da bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida termamiz juda ham mazmunli o‘yin ko‘rsatishgan edi. O‘sha tarkibdagi bir nechta futbolchilar terma jamoa darajasiga chiqishga ulgurishdiyu, ayrim o‘yinchilar suvga tushgan toshdek «cho‘kib ketishdi».CHo‘kkanlar orasida eng achinarlisi Jamshid Boltaboyev ham bor edi…
Jamshid maydon markazida universal o‘yinchi edi. Istalgan nuqtada harakat qila olar, himoyda ham hujumda ham birday foydali edi. Keyinchalik Jasur Abduraimov qo‘l ostida «Paxtakor» klubi safida ham yaxshi o‘yinlar o‘tkazayotgan edi. Afsuski, jarohat va yoshlar imkon bermaydigan yangi murabbiy uni to‘liq safdan chiqardi… Jamshid BAA da bo‘lib o‘tgan mundialda Alen Halilovichning Xorvatiya termasiga qarshi uchrashuvda O‘zbekistonning ikkinchi golini urganda Osiyo jurnalistlari uni ikkinchi Ahmedov deya ta’riflashgan edi. Darhaqiqat, ko‘pchilik bu futbolchining yorqin kelajagiga shubha qilmagan edi. Afsuski o‘zbek futboli yana bir iqtidorini yo‘qotdi.