Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Hech qanday agentni tanimayman» – Aziz Turg‘unboyev mish-mishlarga oydinlik kiritdi

«Hech qanday agentni tanimayman» – Aziz Turg‘unboyev mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

Avvalroq mahalliy OAVda O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi poplik bo‘lgan Azizbek Turg‘unboyevning agenti bilan bo‘lgan intervyu e’lon qilingan edi. Qiziq tomoni shu kungacha ko‘rinish bermagan agent endi paydo bo‘lib qolganidan ko‘pchilik ajablangan ham edi.

Qolaversa, yangi mavsumga Qrimda tayyorgarlik olib borayotgan jamoa va Azizning “Navbahor”dan ketish yoki qolish haqidagi mish-mishlarga ham oydinlik kiritish maqsadida biroz avval futbolchining o‘zi bilan bog‘landik va barchani qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Oldin ham aytgandim, yana aytaman. “Navbahor”da qolaman. Agent bilan bog‘liq gaplarga keladigan bo‘lsak, men hatto uni tanimayman ham. Hatto u bilan ko‘rishgan emasman. Hech qanaqasiga u menga butsa olib bermagan.

Qanaqasiga hayotingizda biron marotaba ko‘rishmagan odam sizga butsa olib berishi mumkin? Bu yolg‘on. Umuman agent degan kimsa bo‘lmagan hayotimda. Keyin, meni shahsiy hayotimni hal qilishga uning haqqi yo‘q.

Qrimdagi tayyorgarlik a’lo darajada davom etmoqda. Kechagi nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondik. 31 yanvar kuni Qrimdagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Nasib qilsa, mazkur uchrashuvda ham g‘alaba qozonib muxlislarimizga xursandchilik ulashmoqchimiz.

Ketishim yoki qolishim haqidagi gaplarga kelsak, men “Navbahor” muxlislari uchun ham jamoada qoldim. Qolaversa, shu viloyatda tug‘ilib, voyaga yetdim. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli shunday darajaga ko‘tarildim. Muxlislardan har-xil gap so‘zlarga ishonmasliklarini so‘rardim.

Namanganlik muxlislar sardori Farhod aka bilan o‘z fikrlarimni o‘rtoqlashdim. Bularni shaxsan o‘zim aytyapman. Shu inson ham namanganlik muxlislarning hurmati va istagi bilan bugun men bilan bog‘landi. Bajonidil rozi bo‘ldim. Ba’zi muxlislar menga murojaat bilan chiqishmoqda.

Senga “Navbahor”da qolishing uchun shartnomani majburlab qildirishdimi, yoki kimdir bosim o‘tkazyaptimi deb. Yo‘q, birichidan bunaqa narsalar umuman bo‘lmagan. Men o‘z xohishimga ko‘ra “Navbahor”da qolishni ma’qul deb bilganman.

Turli xil yolg‘onlarni odamlar qayerdan topishadi hayronman. Yolg‘on gaplarga ishonmasligingizni so‘rayman. Men viloyat hokimi Xayrulla Hayitboyevichga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu inson hayotim davomida ko‘plab yordam berdilar. Men uchun shunchalik kuyunib, qayg‘urayotganliklari uchun barcha ishqibozlarga rahmat aytmoqchiman.

Tushuninglar! Shunday rahbarlar va jonkuyar muxlislar borligi uchun ham “Navbahor”da o‘ynamoqchiman”, - degan Azizbek Turg‘unboyev.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 yanvar kuni “Paxtakor” futbol klubi futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi, ammo oradan vaqt o‘tib “Navbahor” Turg‘unboyevni klub bilan amaldagi shartnomasi hali yakunlanmaganini tasdiqladi. Bugun futbolchining o‘zi “Paxtakor”ga o‘tmasligi haqida intervyu beribdi.

Farhod Umaraliyev suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:00, 29.01.2019.
O'qildi: 10887 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.