Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/06 00:00 Chexiya 1-2 Turkiya
27/06 00:00 Gruziya 2-0 Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador 3-1 Yamayka
27/06 06:00 Venesuela 1-0 Meksika
27/06 20:00 Neftchi 1-1 Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor 1-0 Bunyodkor
28/06 03:00 Panama - AQSh
28/06 06:00 Urugvay - Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona - Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum - OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya - Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya

Mirzohid G‘ofurov: «Jamoa o‘yin uslubida o‘zgarish bo‘ladi»

Mirzohid G‘ofurov: «Jamoa o‘yin uslubida o‘zgarish bo‘ladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi qismini Qrimda davom ettirayotgan «Navbahor» kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot olib borayapti. O‘tgan haftada esa, mahalliy «TSQ-Tavriya» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan namanganliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ikkinchi o‘yinda esa «Sevastopol» ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishildi. Umuman olganda «Navbahor» horijiy yig‘in davomida uchta nazorat o‘yinida maydonga tushishni rejalashtirgan. Biz esa jamoaning tajribali himoyachilaridan biri Mirzohid G‘ofurov bilan bog‘lanib o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Jamoada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va olib borilayotgan mashg‘ulotlar haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

- O‘zgarishlar haqida nima deyish mumkin, barchasi yaxshi (kuladi). Jamoaning o‘tgan yilgi tarkibidagi yigitlardan 5-6 kishi qoldik holos. Qolgan barcha futbolchilar jamoamiz uchun yangi. Yig‘in ham ajoyib o‘tmoqda, mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan kuchaytirilgan tartibda olib borilyapti. Barchamiz birgalikda oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun astoydil intilyapmiz. Dam olish uchun ham aytarli vaqt topilmayapti.

- Himoyachi uchun maydonda mahoratli sherikka ega bo‘lish nixoyatda muhim. Aytingchi, klubga jalb etilayotgan himoyachilar haqida qanday fikrdasiz?

- Jamoaga jalb etilgan himoyachilarni qanday kuchga ega ekanligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Ularning mahorati va tajribasiga shubha qilishning hojati yo‘q. Barchasi yaxshi yigitlar. Ular haqida faqat iliq fikr bildirish mumkin.

 - O‘rtoqlik o‘yinlarida raqib bo‘layotgan jamoalarning kuchiga qanday baho berasiz?

- Yuqori baho beraman, barchasi kuchli jamoalar. Bunday raqiblarga qarshi maydonga tushish albatta foydali. Birorta raqibga past baho bermayman. 

- Odatda, sovrindor bo‘lgan jamoa kelasi yili ham xuddi shu tarkibni saqlab qolish barobarida o‘z safini yanada kuchli ijrochilar bilan boyitib olishga intiladi. Biroq, «Navbahor»ni ko‘plab futbolchilar tark etib bo‘lishdi...

- Endi nima deyish mumkin. Ochig‘i futbolchilarning ham, murabbiylarning ham o‘ziga yarasha qarashlari va fikrlari bo‘ladi. Tanlov barchaning o‘z qo‘lida. Bu savolga mukammal javobni murabbiylar bera olishi mumkin. Menga qolsa jamoani tark etgan futbolchilar ham shu yerda qolib yana bir jamoa bo‘lib o‘ynashni xohlardim. Hozir ko‘ryapsizku, o‘tgan yilgi tarkibning deyarli yarmi tarqalib ketdi. 

- Yangi murabbiy qo‘l ostida jamoa o‘yin uslubida qandaydir o‘zgarishlar ro‘y beradimi?

- Albatta, har bir murabbiyning o‘ziga yarasha taktikasi va o‘yin uslubi bor. Kanchelskis qo‘l ostida hozir yangicha o‘yin uslubini shakllantiryapmiz. Murabbiylar mashg‘ulotlar chog‘ida o‘yin uslubimizga o‘z falsafalarini singdirib borishyapti.

- Hozirda qaysi jamoalar yuritayotgan transfer siyosati Sizda yaxshi taassurot qoldiryapti? 

- Ko‘proq o‘zimizning jamoamiz amalga oshirayotgan transferlar yaxshi taassurot qoldiryapti. Qolaversa, «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» ham o‘z saflarini kuchli futbolchilar bilan boyitib borishyapti.

Manba: ASR gazetasi
Kiritildi: 11:56, 30.01.2019.
O'qildi: 3770 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.