Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Eronning omadsizligini sababi nimada?

Eronning omadsizligini sababi nimada?

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Xabaringiz bor, Osiyo kubogi yarim final doirasida Yaponiya va Eron terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda Eron alamli mag‘lubiyatga uchradi. Bugun shu mag‘lubiyat sabablarini birgalikda qidirib ko‘ramiz!

Yaqqol fovoritlik va ortiqcha bosim

Osiyo kubogining guruh bahslarida deyarli hamma grand termalar katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozonishdi. Eron esa guruhdagi o‘yinlarini juda chiroyli va ishonchli g‘alabalar bilan boshladi. O‘zi shundoq ham OAV Eronni turnirning yaqqol fovoriti deya atab, avvaldan ularga kubokni topshirib qo‘ygandi. O‘z-o‘zidan Eron pressasi va muxlislari jamoadan faqat va faqat chempionlikni kutishni boshlashdi. Bu esa o‘z navbatida Eronlik futbolchilarga ikki xissa bosim yukladi. Oqibatda, futbolchilar o‘yin boshlanishdan avval rus tilida aytganda «Peregoreli»…

Keyrush ham taktik, ham strategik jihatdan Moriyasuga yutqazib qo‘ydi.

Keyrush shogirdlari o‘z uslubiga sodiq qolgan holda himoyada bexato o‘ynab, standarlarga katta urg‘u berish bilan uchrashuvni boshlashdi. Eron Keyrush davrida kuchli jamoalarga qarshi to‘pni topshirib qo‘yib qarshi hujum yoki raqib xatosidan unumli foydalanib ketish evaziga ancha muncha raqiblarini (shu jumladan bizni ham) yer tishlatgan edi. Bu safar Yaponiya murabbiyi Hajime Moriyasu aynan Keyrushning uslubini uning o‘ziga qarshi qo‘lladi. Mariyasuning o‘yin taqdirini hal qilgan qarori birinchi goldan so‘ng shogirtlarini o‘z zonalarida emas, aynan maydon markazida Eron termasini kutib olishlarini talab qildi. Ikkinchi golning yuzaga kelishida markazdagi pressingning kuchi Eronni xato qilishga majbur qildi. Yaponiya Eronga qarshi standart vaziyatlarda juda ishonchli va tartiblio‘yin ko‘rsatdi va haqli ravishda g‘alaba qozondi.

Eron terma jamoasining «kasalligi»

Taassuflar bo‘lsinkim, Osiyo futboli «vaqt cho‘zish» «kasalligidan» bir necha yillardan beri qutila olmayapti. Bu ham yetmaganidek, Eron termasi so‘nggi 5 yillikda Osiyoga yangi «kasallik» olib kirdi. Kecha aynan shu «kasallik» huruj qilib qolgan paytda Eron o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. Mana shu vaziyatga e’tibor bering, 5 nafar futbolchi hakamga bosim o‘tkazishmoqda. Eron termasi futbolchilarga hos bo‘lmagan xatti-harakatlarining qurboni bo‘ldi.

Eron termasi Keyrushni ketkazib to‘g‘ri qildimi?

Bugun OAV Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan yangi murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi. Eng qizig‘I shundaki Eron matbuoti Keyrushnng ketishidan mamnun. Hozir alamli mag‘lubiyatning ta’siri ostida qilingan qaror keyinchalik katta talofatlarga olib kelishi mumkin. Bunga bizning futbol yaqqol «namuna» bo‘la oladi. Biz ham bir paytlar alamli mag‘lubiyatga chiday olmay terma jamoamiz murabbiysini iste’foga chiqargan edik. Oqibatda, hech narsaga erisha olmadik…

Keyrushning ketishi Eron terma jamoasining foydasidan ko‘ra zarariga ishlashi aniq. Yangi murabbiy, yangi uslub, yangi tarkib, yangi taktika.

Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasini yo‘lga qo‘yish uchun esa yangi murabbiyga ko‘p vaqtkerak bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Eron endi 3-4 yilsiz avvalgi darajasiga chiqa olmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:07, 30.01.2019.
O'qildi: 9614 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик