Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Qishki transfer oynasining so‘nggi kunida qanday xaridlar amalga oshirildi?

Qishki transfer oynasining so‘nggi kunida qanday xaridlar amalga oshirildi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Evropada qishki transfer bozorining so‘nggi kuni, inglizcha aytganda “dedlayn” bo‘lib o‘tdi.

Kutilganidek, jamoalar bir qator "bomba" transferlarni amalga oshirdi. Quyida ular bilan tanishasiz.

Kechaning eng muhim transferlari!

1:45. Yaponiya terma jamoasi va “Borussiya” klubi yarim himoyachisi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi. Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Kagavani mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi.

1:35. Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Emil Smit-Rou faoliyatini Bundesligada davom ettiradi. “Leypsig” klubi futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi. 

1:24. “Monako” klubi “Lester Siti” futbolchisi Adriyen Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu Monegaskliklar portugaliyalik futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi.

1:17. “Monako” klubining belgiyalik yarim himoyachisi Yuri Tilemans “Lester”ga o‘tdi. “Tulkilar” futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi.

1:01. “Barselona” klubining yangi himoyachisi Emerson Aparesida faoliyatini “Betis”da davom ettiradi. Sevilya klubi braziliyalik futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi. Avvalroq, futbolchi mavsumning qolgan qismini ham “Atletiko Mineyro” safida davom ettirili to‘g‘risida aytilgan edi.

00:50. “Stok Siti” klubi  hujumchisi Piter Krauch “Byornli”ga ko‘chib o‘tdi. Krauch tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va yangi klubi bilan mavsum so‘nggiga qadar shartnoma imzoladi. 

00:15. “Barselona” klubi braziliyalik “yangi Dani Alves” deya e’tirof etilayotgan Emersonni “Atletiko Mineyro”dan sotib oldi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 12 million yevro to‘lashdi. Futbolchi “ko‘k-anorranglilar” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.

23:57. “Argentinos Xuniors” safida ijara asosida to‘p surayotgan  Neuen Peres “Atletiko”ga qaytdi. 18 yoshli Peres o‘tgan yozda 2,5 million yevrogan “Argentinos Xuniors”dan “Atletiko”ga o‘tgan edi. Mavsumning ilk qismini u sobiq jamoasi safida ijarada o‘tkazdi va 3 ta o‘yinda maydonga tushdi 

23:45. “Zenit” klubi himoyachisi Luish Netu yozda “Sporting” safiga o‘tadi. A Bola nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi porutgaliyaliklar bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

23:23. “Kardiff Siti” klubi “Reding” yarim himoyachisi Leandro Bakununi sotib oldi. 27 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2022 yilgacha shartnoma imzoladi.

23:12. “Chelsi” klubi sardori Gari Keyxill “Yuventus” taklifini rad etdi. Turinliklar futbolchini ijaraga olishni istagan, biroq futbolchi Italiyaga ko‘chib o‘tishni istamadi.

22:55. “Valensiya” klubi “Alaves” hujumchisi Rube Sobrino bilan shartnoma imzoladi. "Ko‘rshapalaklar” futbolchining transferi uchun 5 million yevro to‘lagan. Futbolchi yangi jamoasi bilan 2022 yil yozgacha shartnoma imzoladi.

22:50.  “Monako” klubi himoyachisi Almami Ture Bundesliga klubiga yo‘l oldi. “Ayntraxt Frankfurt” klubi 22 yoshli futbolchini ijaraga oldi. Ture germaniyaliklar safida 2023 yilgacha to‘p suradigan bo‘ldi.

22:40. “Bavariya” klubi  "Real Solt Leyk" klubining 17 yoshli amerikalik futbolchisi Teylor But bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi myunxenliklar bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan.

22:22. «Surxon» jamoasi o‘z safini to‘ldirishda davom etadi. O‘tgan mavsumni «Surxon» jamoasida o‘tkazgan ximoyachi Ubaydullo Xalikulov yana o‘zining qadrdon jamoasi safiga qaytdi.

20:51. “Stok Siti” hujumchisi Piter Krauch “Byornli”ga o‘tadi.  Krauch bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lib, yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.

20:35. “Tottenhem” klubi  yarimhimoyachisi Jorj-Kevin Nkudu faoliyatini “Monako”da davom ettiradi. 23 yoshli futbolchi mavsum oxiriga qadar Fransiya chempionatida to‘p tepadi.

19:40. “Nyukasl” klubi “Atalanta Yunayted” himoyachisi Antonio Barekki transferini e’lon qildi. 24 yoshli himoyachi “Nyukasl” bilan 2024 yilgacha shartnoma imzoladi.

18:50. “Manchester Siti” klubi “Xayduk” klubi yarim himoyachisi Ante Palaversani sotib oldi. 18 yoshli iqtidor tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, “shaharliklar” bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun, Palaversa 2020 yilgacha “Xayduk”da qoladi.  

18:30. “Manchester Yunayted” klubi jamoa hujumchisi Antoni Marsyal bilan yangi shartnoma imzoladi. Marsyal “qizil iblislar”bilan 2024 yilgacha shartnomasini uzaytirdi.

18:00. Rossiyaning “Krilya Sovetov” klubi futbolchisi Yevgeniy Bashkirov faoliyatini “Rubin”da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manba: www.stadion.uz.

Сизнингча бугун яна қандай трансферлар амалга ошиши мумкин?

Kiritildi: 17:54, 31.01.2019.
O'qildi: 17766 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.