Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Metallurg» bugun Turkiyada SSKA bilan o‘ynaydi

«Metallurg» bugun Turkiyada SSKA bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Bugungi raqib anchagina jiddiy – Bolgariyaning 31 karra chempioni, 11 marta mamlakat kubogi, 13 marta harbiylar kubogi, 4 marta Bolgariya Superkubogini qo‘lga kiritgan Sofiya shahrining SSKA jamoasidir.

SSKA 1948 yilning 5 may sanasida tashkil etilgan. Aslida jamoa 1923 yildan faoliyat yuritib kelgan “Atletik Slava”, 1944-48 yillarda “Chavdar” nomi bilan yuritilgan klub bazasida tashkil etilib, ikki yil mobaynida SDV nomi ostida o‘ynadi. Keyinchalik jamoa nomini “Narodna voyska”, SDNV, “Sofiya garnizoni termasi”, SDNA, SFKA nomlariga o‘zgartirdi. 1989/90 yilgi mavsumdan e’tiboran SSKA nomida faoliyat yuritib kelmoqda.

SSKA juda nomdor klub ekanligini yuqorida sanab o‘tgan unvonlaridan bilib olish mumkin. Klub jami 59 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, xalqaro maydonlarda ham muvaffaqiyatli qatnashgan. Yevropa chempionlari kubogining ikki karra yarim finalchisi, bir martadan Kubok egalari kubogi hamda UYEFA kuboklarida ham ½ finalda o‘ynagan. SSKAni “Ko‘hna qit’a”da “chempionlar kushandasi” deb ta’riflashadi. Chunki, aksariyat mavsumlarda Yevropaning eng nomdor jamoalarini nufuzli turnirlarda mag‘lubiyatga uchratib, dovrug‘ taratgan.

Eslatib o‘tamiz, bekobodliklarning Turkiya safaridagi ilk uchrashuvini Armanistonning uch karra chempioni – “Alashkert”ga qarshi o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Ayni paytda SSKA tarkibida mahalliy o‘yinchilardan tashqari Braziliya, Kolumbiya, Portugaliya, Ekvador,Litva, Kongo, Kamerun singari mamlakatning legioner o‘yinchilari to‘p surishadi.

SSKA jamoasiga Serbiya va Angliya fuqarosi Nestor El Maestro murabbiylik qiladi. Jamoa sardori Bolgariyat terma jamoasi o‘yinchisi Bojidar Chorbadjiyki. Klubning uy stadioni “Bolgarska Armiya” 21995 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, juda ham xushmanzara hududda joylashgan.

Bolgariya birinchi professional ligasida o‘tgan mavsum “Ludogores” 66 ochko to‘plab, chempion bo‘ldi. SSKA esa chempiondan 3 ochko ortda qolib, vise-chempionga aylandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:35, 02.02.2019.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.