Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-2 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 0-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Vatani uchun hech narsani ayamaydigan mashhur futbolchilar. (O‘rnak olsa arziydi)

Vatani uchun hech narsani ayamaydigan mashhur futbolchilar. (O‘rnak olsa arziydi)

Baho:
+2 | -

Futbolchilarning hayriya ishlarini amalga oshirishi hozirgi kun uchun yangilik bo‘lmay qoldi. Ronaldo, Messi, Zidan, Saloh singari futbol qirollarining ezgu ishlari taxsinga sazovor, lekin shunday futbolchilar borki, o‘z hayrli ishlarini yashirin amalga oshirishadi va ko‘pincha ommaning e’tiboridan chetda qolishni xush ko‘rishadi. Bugun ana shunday saxovatli futbolchilar haqida qisqacha…

Mesut O'zil

U kariyerasi davomida deyarli 50 ga yaqin insonning hayotini saqlab qolishga ulgurgan. Gap shundaki, u juda qimmat turadigan jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishga qurbi yetmaydigan insonlar uchun operasiya pullarini to‘lab bergan. Ayniqsa, Turkiyadagi bolalar salomatligi uchun moddiy yordamini ayamaydi. Mesutning ko‘plab hayrli ishlari ko‘pincha sirligicha qolib ketadi va shu sababli uning hayriyalari haqida to‘liq ma’lumot olishning iloji yo‘q. Ozil JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan yili 23 ta jarrohlik amaliyoti orqali yana 23 ta insonning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Maykl Essiyen

U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Avuto Bregu shahri aholisi uchun juda ko‘p ezgu ishlarni amalga oshirgan. Uning Gana yoshlari uchun ochgan maktab va shifoxonalari hozir ham faoliyat olib bormoqda. Essiyen, shuningdek, yosh futbolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi markaz ham bunyod etgan. Maykl yurti ravnaqi uchun futbol ortidan yig‘gan mablag‘ining deyarli 35 %ni Vatani uchun harjlab yuborgan asl vatanparvar. O‘rtamiyona futbolchi uchun bu qoyilmaqom natija. Essiyen o‘z shahri aholisining azaliy orzusi bo‘lgan ichimlik suvi bilan ularni to‘liq ta’minlashga hissa qo‘shgan. O‘zining saxovatpesha ekanligi haqidagi gap-so‘zlarga e’tibor bermaydigan qahramonimiz hozirda Indoneziya chempionatida muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.

Didee Drogba

Bu futbolchining xalqi uchun qilgan ishlari haqida butun boshli kitob yozsa bo‘ladi. Keling, eng muhimlarini keltirib o‘tamiz. Didiye doimo yurtidan uzoqda faoliyat olib borgan bo‘lsada, hech qachon Vatani taqdiriga befarq bo‘lmagan. U o‘zi tug‘ilgan «Fil suyagi o‘lkasi» da qurgan maktab va shifoxonalardan hozirda bir vaqtning o‘zida 3 million(!) aholi foydalanadi. Eng hayratlanarlisi shundaki, hatto ona yurtida boshlangan fuqorolar urushini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. 2006-yilda o‘tkazilgan mundial oldidan qahramonimiz o‘z yurtida qariyib 15 kun davomida dushmanlarni yarashtiradi va xalqni birlashtiradi. Uning qahramonligi aks etgan maqola jahonning eng nufuzli nashrlardan biri hisoblangan «TIME» jurnalining muqovasida «Drogba dunyoning eng qudratli 100 ta insonidan biri» nomli sarlavha ostida bosib chiqilariladi.

Bu tugatilgan urush millionlab insonlarning hayotlarini saqlab qolishga sabab bo‘lgani taxsinga sazovor. Vatani tinchligi uchun o‘limni bo‘yniga olib muzokaralarga kirishgan Drogba, darhaqiqat, millat qahramoni desak, adashmagan bo‘lamiz.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:59, 02.02.2019.
O'qildi: 10919 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик