Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

«Tulkilar» «Qizil iblislar»ni ham to‘xtata oladimi?

«Tulkilar» «Qizil iblislar»ni ham to‘xtata oladimi?

Baho:
+ | -

Bugun Angliya premyer ligasi 22-turidan o‘rin olgan bir qator qiziqarli bahslar kutib turipti. Muxlislar intizorlik bilan kutayotgan o‘yinlardan biri bu “Lester Siti” hamda “Manchester Yunayted” uchrashuvidir.

Ole-Gunner Sulsher shogirdlari bu turda grandlar kushandasiga aylanib borayotgan “Lester Siti” mehmoni bo‘ladi.

O‘tgan turda “Enfild”da “tulkilar” musobaqa peshqadami “Liverpul”dan ochko tortib olishga erishgan bo‘lsa, undan avval “Chelsi” (1:0), “Manchester Siti” (2:1) kabi grand klublarni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Bu tur ham Ole-Gunner Sulsher ertagi davom etadimi? Jamoa Sulsher kelgach ancha barqaror o‘yin ko‘rsata boshladi jamoaning ichki muhiti ham a’lo darajaga keldi desam adashmagan bo‘laman. Mourinyo ketgach, Pol Pogba “jahon chempioni” ekanligini eslab qoldi. Pol Sulsher kelgach “gol+pas” tizimida 10 ochko ishlashga erishdi. Biroq mazkur bahsda fransiyalik futbolchining maydonga tushishi so‘roq ostida turipti. So‘nngi ma’lumotlarga ko‘ra, Sulsher Pogbani boshlang‘ich tarkibda tushiradi. Shuningdek, Marsyal ham bu o‘yinni zaxirada boshlashi kutilmoqda.

Jamoalarning joriy mavsumdagi statistikasi:

Uchrashuv oldidan murabbiylar fikri.

Klod Pyuel yangi futbolchi Yuri Tilemans haqida: “U bizga maydon markazida 3 ta o‘yinchi bilan o‘ynashimizga imkon beradi. Yuri bizga erkin zarbalar va jarima maydoni ichida erkin zarba berish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Yuri tizimni shakllantiruvchi futbolchi. U gol urishni yaxshi ko‘radi va juda aqlli futbolchi. Bunday futbolchilar bilan birga ishlash qiziqarli”, - deydi Pyuel.

Ole-Gunner Sulsher Marsyal haqida: “Marsyal vaziyatlarni yakunlash bo‘yicha usta. U hali yosh va aqlli. U nima qilayotganini yaxshi tushunadi. Men undan nima xohlayotganimni yaxshi biladi. Men u kabi ko‘p tezkor futbolchilarni ko‘rmaganman. Biz unga faoliyatini rivojlantirishga yordam berishga tayyormiz. Umid qilaman, U bundan foydalanadi”, - deydi Sulsher.

Jamoalarning APLdagi o‘zaro uchrashuvlar statistikasi:

 Uchrashuv hakami: Mayk Din

Mazkur bahsni Mayk Din boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. U joriy mavsum 23 ta o‘yinni boshqargan. U shu o‘yinlar mobaynida 94 ta sariq va 10 ta qizil kartochka ko‘rsatgan. Din joriy mavsum APLdagi eng ko‘p kartochka ko‘rsatgan hakam hisoblandi. U birinchi davrada “MYU” futbolchisi Matichga ham “Uotford”ga qarshi bahsda qizil kartochka ko‘rsatgan edi.

Taxminiy tarkiblar:

“Lester Siti” – “Manchester Yunayted”

“Lester Siti”: Shmeyxel, Chilvell, Maguayer, Morgan, Pereyra, Mendi, Tilemans, Ndidi, Meddison, Grey, Vardi.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Shou, Jons, Lindlyof, Yang, Pogba, Matich, Errera, Lingard, Sanches, Reshford.

Eslatib o‘tamiz, Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 19:05da “King Power” stadionida start oladi. Horij manbalari bu o‘yinda “MYU” g‘alabasini taxmin qilishmoqda. Biroq, “Lester”ning so‘nggi o‘yinlarda ko‘rsatayotgan o‘yinini hisobga oladigan bo‘lsak, Ole-Gunner shogirdlariga “King Power”da oson bo‘lmaydi.

Jaloliddin Qobiljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:18, 03.02.2019.
O'qildi: 3994 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.