Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ilhom Mo‘minjonov Aziz Turg‘unboyevdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan

Ilhom Mo‘minjonov Aziz Turg‘unboyevdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalangan

Baho:
+ | -

2018 yilning katta qismida “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Ilhom Mo‘minjonov futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan 1 yilga diskvalifikasiya qilinadi. Bu haqdagi qaror O‘zPFL qoshidagi Intizom va odob-ahloq qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi.

Turg‘unboyev mojarosini faqatgina Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha komissiyagina hal qila olmasdi. Voqeaga aloqador bo‘lgan barchaga odilona sanksiyalar qo‘llash uchun O‘FA Intizom va odob-ahloq qo‘mitasini ham ishga jalb qildi. Mazkur qo‘mita Ilhom Mo‘minjonov tomonidan yo‘l qo‘yilgan hamda kasb etikasiga to‘g‘ri kelmaydigan bir qator jarayonlarni aniqladi.

Jumladan, Mo‘minjonov Aziz Turg‘unboyevni 2018 yilgi mavsumda ham “Navbahor” sharafini himoya qilishga ko‘ndiradi. Biroq keyinchalik undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalana boshlaydi. Birlamchi, Mo‘minjonov o‘z shogirdini futbol agentlari bilan tanishtiradi. Ya’ni, Turg‘unboyev Mo‘minjonovning tavsiyasiga ko‘ra Aleksandr Mitrofanov boshchiligidagi agentlar bilan hamkorlik qila boshlaydi.

Mitrofanov nomidan bitimni o‘zbekistonlik Rustam Shoymardonov imzolaydi. Suhbat davomida Turg‘unboyev Mitrofanovni umuman tanimasligini, shartnomani Shoymardonov bilan tuzganligini aytdi.

Mo‘minjonov esa bu haqda Turg‘unboyevdan yaxshiroq ma’lumotga ega. Biroq asosiy detallarga kelganda, u ko‘p narsadan bexabar ekanligini qayd etmoqda. Mazkur bitimdan Mo‘minjonov moddiy manfaat ko‘rganmi yoki yo‘q degan savolga murabbiy rad javobini berdi.

Ikkinchidan, Mo‘minjonov o‘zi boshchilik qilayotgan “Navbahor” klubining chempionlik yo‘lidagi prinsipial raqibi bo‘lgan “Paxtakor” qaramog‘iga Turg‘unboyevni o‘zi olib boradi. Bunda futbolchi bilan ko‘p yillik emas, bir yillik shartnoma tuzilgani, endi esa futbolchi yangi jamoaga erkin agent sifatida yo‘l olishi kabi masalalar yotibdi.

Ya’ni, “Navbahor” o‘z kashfiyotining ortidan hech qanday moliyaviy foyda ko‘rmaydi. Mo‘minjonov yuqoridagi kelishuvdan qandaydir manfaat ko‘rgani borasidagi savolga ham rad javobini berdi. Biroq murabbiy o‘zi uchun raqib bo‘lgan klub manfaatlariga nima uchun xizmat qilib yurganini izohlay olmadi.

Uchinchidan, Mo‘minjonov “Navbahor”da futbolchilar bilan aynan o‘zi hisob-kitob qilgani aniqlandi. Murabbiyning asl vazifasi futbolchilarning sport formasi bilan ishlash bo‘lsa-da, Mo‘minjonov klubda hisobchi ham bo‘lgan va homiylar tomonidan berilgan mablag‘larni o‘zi bilganicha taqsimlayvergan.

Etika qo‘mitasining da’vosiga ko‘ra, yuqoridagilarning barchasi odob-ahloq normalariga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zi pul topayotgan klub manfaatlariga xizmat qilish o‘rniga, uning ichida turib boshqa klub bilan oldi-beri qilishni afzal ko‘radigan murabbiy vaqtinchalik bo‘lsa-da futboldan chetda yurgani ma’qul deb topildi va Mo‘minjonov 1 yilga futboldan diskvalifikasiya qilindi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 15:17, 05.02.2019.
O'qildi: 5181 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.