Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Buni o‘qib yig‘lamang! Sala va vafodor Nalaning ayanchli hikoyasi...

Buni o‘qib yig‘lamang! Sala va vafodor Nalaning ayanchli hikoyasi...

Baho:
+ | -

Emiliano Salaning opasi ijtimoiy tarmoqlarda,  jim ko‘rib o‘tib ketib bo‘lmaydigan rasmlarni joyladi. To‘g‘risi bu rasmlarni ko‘rib yig‘lab yubordim.

To‘g‘ri bu hikoya emas, lekin bu rasmlar drammatik hikoyalardan ham o‘tib tushadi.Xabaringiz bor, "Kardiff" tarixidagi eng qimmat futbolchi Emiliano Sala Uelsga o‘chib ketayotgan vaqtida radarlardan yo‘qolib qolgan.Ha, uning samolyoti topildi lekin, argentinalik futbolchi hozirda tirik qolmagani aniq. Biz bu futbolchi haqida ko‘plab maqolalarni xabarlarni yozdik biroq, bu ko‘proq bizni ta’sirlantirdi.

Xayvonlarning sadoqati haqida biz million marta ko‘rganmiz va eshitganmiz, ammo ularga ko‘nikish va e’tibor bermaslik mumkinmi?

Britaniya nashrlarining xabariga ko‘ra, aynan Nala sababli, Sala Kardiffga ko‘chish oldidan Fransiyaga qaytib kelgan.

U itni vaktinchalik xayvonlar uyiga olib bordi, lekin albatta o‘zi bilan Britaniyaga olib ketishni reja qilgandi. Argentinalik futbolchi o‘tirgan samolyot La-Manshga qulagan vaqtda, Nala xo‘jayinini xayvonlar uyida kutardi.

Sala bilan Nala 2015-yildan beri juda ham qalin do‘st edilar, Nalani ko‘pincha Sala instagrammida ko‘rishimiz mumkin edi.

Ular ko‘pincha  birga sohil oldiga borib, kemalar va qushlarni tomosha qilar edilar.

Ular birgalikda plyajda o‘ynashar edi

Nala xo‘jayinini doimo shunday kutib olardi.

Ana endi u har kuni Salani kelishini shunday tarzda kutmoqda

Hozirda, aviasion halokatlar bo‘yicha qiduruv bo‘limi (AAIB) “Kardiff” hujumchisi Emiliano Sala o‘tirgan samolyotdagi jasadni olish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini tasdiqladi.

Kuchli oqim asbob-uskunalardan foydalanishga majbur qilyapti. Bu degani ish jarayoni sekin va bosqichma-bosqich olib borilayotganidan dalolat beradi.Qanday natija bo‘lishidan qatiy na’zar, biz birinchi bo‘lib jasadning oila a’zolariga xabar beramiz, keyin esa rasmiy bayonotlarni beramiz”, - deb xabar beradi AAIB.

Abror Eshonxonov 

Manba: Stadion
Kiritildi: 16:15, 06.02.2019.
O'qildi: 15784 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.