Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

La liga. «Real» Madrid derbisini ishonch bilan o‘z foydasiga hal qildi

La liga. «Real» Madrid derbisini ishonch bilan o‘z foydasiga hal qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida «Real» safarda «Atletiko» klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu orqali Solari shogirdlari bugungi kunga kelib, o‘zlarining eng yuqori formalariga chiqib olayotganini isbotlashmoqda.

"Qirollik klubi" bundan 3 kun avval "Barselona"ga qarshi o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, "matraschilar" bir hafta dam olishgandi. Mezbonlar raqibda charchoq alomati bor deb hisoblashdi shekilli, ular o‘yin boshidan kuchli pressing qo‘llab, tezkor gol urib olishga harakat qilishdi.

Ammo nisbatan tezkor golni mehmonlar urishdi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan so‘ng Ramos bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi, Kazemiro esa chalqancha uslubda darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 9 daqiqa o‘tib Grizmann yakkama-yakka vaziyatda Kurtuani dog‘da qoldirdi va hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 3 daqiqa qolganida Ximenes o‘z jarima maydonchasi ichida Juniorni yiqitdi. Belgilangan penaltini Ramos aniq amalga oshirib, "Real"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Alvaro Morata birga-bir vaziyatda mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilgandi. Ammo VAR tizimi ofsaydni qayd etdi va gol bekor qilindi.

Bahsning 74-daqiqasida Modrichning uzatmasidan keyin  Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va o‘tkir burchak ostida aniq zarba berdi — 1:3. O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Tomas Parti ikkinchi "sariq" tufayli maydondan chetlatilishi tufayli "Atletiko" maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi.

Natijada "Real" muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan Simeone jamoasi 3-o‘ringa tushdi.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Atletiko – Real Madrid 1:3 (1:2)
Gollar: 0:1 – 16 Kazemiro, 1:1 – 25 Grizmann, 1:2 – 42, penalti Ramos, 1:3 – 74 Beyl.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Aryas, Godin, Parti, Saul, Lemar (Vitolo, 59), Korrea (Rodri Ernandes, 65), Morata (Kalinich, 71), Grizmann.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Vaskes, Kroos (Sebalyos, 84), Vinisius Junior (Beyl, 57), Benzema (Dias, 89).
Ogohlantirishlar: Vaskes (22), Grizmann (24), Ximenes (41), Lyuka Ernandes (58), Parti (62), Regilon (64), Modrich (66), Morata (68), Saul (72).
Chetlatish: Parti (80).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:10, 09.02.2019.
O'qildi: 5824 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.