Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Umid Ahmadjonov: «Maqsad - hakamlar daxlsiz bo‘lsin»

Umid Ahmadjonov: «Maqsad - hakamlar daxlsiz bo‘lsin»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida yangi mavsum oldidan Superliga va Pro-liga hakamlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.    Yig‘ilishda O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov va boshqa O‘FA mutasaddilari ishtirok etishdi.     Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan hakamlarga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda hakamlik saviyasini oshirish, o‘yinlarning xolis va adolatli boshqarilishini ta’minlashdar iborat ekanini aytib o‘tdi.   “Hakamlarimiz saviyasini oshirish uchun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hakamlar uchun xorijda o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil qildik, ular uchun turli seminarlar o‘tkazmoqdamiz.    Joriy mavsumdan boshlab  boshqargan uchrashuvlari uchun yaxshi baholar olgan hakamlar O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan rag‘batlantirilib boriladi. Aksincha, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadigan hakamlar esa qaytib Superliga o‘yinlariga qo‘yilmaydi, ular Pro-liga musobaqasida hakamlik qilishadi hamda yuqori liga uchrashuvlarini boshqarishga munosib ekanliklarini boshqatdan isbotlashlari kerak bo‘ladi.     Maqsad hakamlarimiz o‘yinlarni xolis va adolatli boshqarishsin, turli qing‘irliklardan uzoqroq yurishsin. Hakamlarning harakatlari muntazam ravishda maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilib borilishini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Qing‘ir ishlarlarga aralashadigan hakamlar qattiq jazolanadi.     Uchrashuvlarni boshqarish uchun joylarga borishganida, hakamlarga nisbatan hurmat yuqori bo‘lsin. Hakamlarga chetdan bosim o‘tkazishga hech kimning haqqi yo‘q. Klub rahbarlari, vakillari kim bo‘lishidan qat’iy nazar agar hakamlarga bosim o‘tkazishga urinishsa, O‘FA tomonidan jazolanadi. Joriy mavsumdan boshlab hakamlarning o‘yinlarga borish-kelish, mehmonxona xarajatlari barchasi PFL tomonidan qoplab beriladi. Maqsad - hakamlar daxlsiz bo‘lsin. O‘z ishini sidqidildan bajarsin. Faqat O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi rahbariyati hakamlar ishini nazorat qiladi va ularni baholab boradi.     Ravshan Ermatov butun dunyoda hurmatga sazovor hakam. U endilikda Superliga va Pro-liga hakamlariga kuratorlik vazifasini bajaradi. O‘zining katta tajribasi va mahorati bilan boshqa hakamlarga ham malaka oshirishga yordam beradi. Hakamlarimiz faqat O‘zbekiston doirasidagi uchrashuvlarda ishlamay, FIFA va OFK tasnifidan o‘rin olgan o‘yinlarda ko‘proq ishlashlariga erishishimiz zarur. Buning uchun har bir hakam o‘z ustida ko‘p ishlashi, mehnat qilishi talab etiladi. Shundagina rivojlanish, o‘sishni kuzatish mumkin bo‘ladi”, - dedi Umid Ahmadjonov.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:06, 11.02.2019.
O'qildi: 1919 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.