Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Mirjalol Qosimov: «Avval o‘zimizga muammo yaratib, so‘ngra uni qahramonlarcha yengib o‘tdik»

Mirjalol Qosimov: «Avval o‘zimizga muammo yaratib, so‘ngra uni qahramonlarcha yengib o‘tdik»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining 2-saralash bosqichi doirasida AGMK Olmaliqda Tojikistonning "Istiqlol" klubini qabul qilib, irodali g‘alabani (4:2) qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan keyin Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ochig‘ini aytsam, juda qiyin o‘yinni o‘tkazdik. Ruschasiga aytganda: "O‘zimizga o‘zimiz muammo yaratib, so‘ngra qahramonlarcha vaziyatdan chiqib ketdik". Bunga shunga o‘xshash vaziyat kuzatildi. O‘z shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi.

Raqib haqida esa faqat yaxshi fikrlarini aytishim mumkin. Jamoa OFK kubogida doimiy ravishda ishtirok etadi. Futbolchilar yetarli xalqaro tajribaga ega.

Biz Dubaydagi mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ham to‘liq tarkib bilan yig‘ilmadik. Shunga qaramay, futbolchilar jamoaviy o‘yin namoyish qilishdi va biz kerakli natijaga erishdik.

Muhim o‘yinchi almashtirishni amalga oshirdim? Mehmonlar 2:1 hisobida oldinga chiqib olganidan keyin o‘yinning borishini o‘zgartirishni istadim va maydonga ikki hujumchini tushirdim. "Ikkinchi qavat"dagi o‘yinga ko‘proq ahamiyat qaratishni so‘radim. G‘alabani o‘z tomonimizga og‘dirganimizdan xursandman.

Keyingi o‘yingacha ko‘p vaqt qolmadi. Ertaga o‘yinni qayta ko‘rib chiqib, xatolarni tahlil qilamiz. Hali hech bir futbolchi 100 foizga tayyor. Jamoa o‘yindan o‘yinga kuchayib boradi.

O‘tkazib yuborilgan gollarda kim aybdor? Faqat himoyachilar va darvozabonni ayblamagan bo‘lardim. Butun jamoa konsentrasiyani yo‘qotdi va bu bizga qimmatga tushishi mumkin edi. Bunday o‘yinlarda tezkor o‘tkazib yuborish kerak emas. Bugun esa o‘yinning borishini o‘zgartirish uchun o‘zimizda kuch topdik.

Legionerlar? Kostich keyinga o‘yingacha tiklanishga ulguradi. Lekin hali aniq emas. Marko Zochevich keyingi o‘yinda maydonga tushmasliga aniq.

Jasur Xasanov — juda tajribali futbolchi. U xalqaro o‘yinlarda ko‘p maydonga tushgan. Bugun u o‘z ortidan jamoani yetakladi. Golning qanday urilishi esa — oyoq bilan yoki bosh bilan — ahamiyatga ega emas. Muhimi — gol urdik.

Muxlislar ham stadionga chiroyli gollarni ko‘rish uchun kelishadi. Kelasi o‘yinda ham taktika orqali kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Vaqtimiz kam, ammo boshqa ilojimiz yo‘q. Futbolchilar taktik ko‘rsatmalarni bajarishga qodir ekanliklarini isbotlashdi.

Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman", — dedi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.fc-istiklol.tj
Kiritildi: 10:25, 13.02.2019.
O'qildi: 5478 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.