Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Qo‘qon-1912» masalani hal qildi

«Qo‘qon-1912» masalani hal qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston professional futbol ligasi oldinda turgan yangi mavsumdan oldin  superliga klublari oldiga bir qator jiddiy talablarni qo‘ygan edi.

Bu talablarning eng asosiylaridan biri , har bir klub o‘zining futbol akademiyasiga ega bo‘lishi yoki O‘FA  qoshidagi biron akademiya bilan shartnoma qilishi lozim edi.

“Qo‘qon-1912” futbol klubi bugun PFLning akademiya masalasidagi talabini bajardi. Qo‘qonliklar rahbariyati kecha  O‘FA qoshidagi Farg‘ona futbol akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Endi stadion borasidagi talabga keladigan bo‘lsak, Qo‘qondagi “Markaziy” stadionda katta hajmdagi ishlar boshlangani haqida avval xabar bergan edik. Bugungi kunda “Markaziy” stadion maydoni to‘liq yangilanish arafasida.

Stadionga sifati yuqori bo‘lgan tayyor chim olib kelib o‘rnatiladi. Ayni kunda maydon drenaj va sug‘orish tizimlari to‘liq yangilanib, chimni yotqizish uchun tayyor holatga keltirilgan.

Mutaxassislar chim yotqizish uchun biroz qulay bo‘lgan ob-havoli kunlarni kutib turibdilar. Yaqin kunlarda “Markaziy” stadioniga yangi chimni o‘rnatish boshlanadi.

Shuningdek “Qo‘qon-1912” yoritgichlarni ham yangilanib, PFL talab qilgan lyuks holatiga keltiriladi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 09:52, 15.02.2019.
O'qildi: 3053 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик