Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Kucherenko: «Yangi mavsumda muxlislar uchun qulayliklar yaratiladi»

Kucherenko: «Yangi mavsumda muxlislar uchun qulayliklar yaratiladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Nasaf” bosh menejeri Sergey Kucherenko klub matbuot xizmatiga yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi.

-2019 yilgi mavsum uchun har jabhada munosib tayyorgarlik tayyorgarlik ko‘rishga intilayapmiz. Xabaringiz bor, o‘n nafar futbolchilarimz OTJ ga taklif qilinganidan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi bosh jamoamiz yig‘inni dastlab Qarshida, hozir esa poytaxtda olib bormoqda. Biz esa tashkiliy masalar bo‘yicha shug‘ullanmoqdamiz. Xususan asosiy tarkib o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini bazasida rekonstrusiya ishlari tugallandi. Yoshlarimizning Batosh qo‘rg‘onchasidagi bazasida nafaqat o‘rinbosarlar jamoasi, balki mehmon jamoa uchun ham yangi qulayliklar yaratilmoqda.

-O‘rinbosarlarimiz jamoasining tayyorgarligi haqida ham fikrlaringizni bilmoqchi edik...

-O‘rinbosarlarimiz 26 yanvardan o‘z qarorgohlarida yig‘ilib ikki mahaldan mashg‘ulot olib borishmoqda. O‘tgan mavsum U-18 jamoasining asosiy o‘zagi o‘rinbosarlarimiz tarkibiga kelib qo‘shilishdi. Xususan o‘rinbosarlar murabbiylari shtabida ham o‘zgarish ro‘y berdi. Shu kungacha “Nasaf” futbol maktabida faoliyat yuritgan Eldor Moyliyev endilikda Zafar Holmurodov bilan birgalikda yoshlarimizni tarbiyalashadi. O‘rinbosarlarimiz hozirQarshida “Viloyat hokimi kubogi-2019”da qatnashishmoqda. Bu musobaqa o‘rinbosarlarimiz uchun mavsum tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

-“Markaziy” stadionda ham ta’mirlash ishlari davom yakuniga yetay deb qoldi...

-Stadionimiz Respublikadagi eng ko‘zga ko‘ringan o‘yingohlardan biri hisoblanadi. Bunday stadionni bunyod etish oson emas, uni ajoyb holda saqlash undanda qiyin ish. 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlari nafaqat jamoalarimizda, balki muhtasham stadionimizda ham davom etmoqda. Maydon holatini saqlash uchun kerakli mineral o‘g‘itlar bilan ishlov berib yopib qo‘yganmiz. Bu yilgi mavsum uchun muxlislarga yangidan-yangi qulayliklarni yaratishni rejalashtirganmiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:34, 15.02.2019.
O'qildi: 2796 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.