Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Toshkentda Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasi I Ochiq chempionati start oldi

Toshkentda Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasi I Ochiq chempionati start oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 15 fevral kuni Gimnastika bo‘yicha Respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabi majmuasida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederasiyasining kadetlar va o‘smirlar o‘rtasidagi I Ochiq chempionati boshlandi. Musobaqada Konfederasiyaga a’zo mamlakat qilichbozlari – O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘oniston vakillari ishtirok etishmoqda. Bellashuvlar oldidan turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Konfederasiyaga a’zo mamlakatlarning qilichbozlik federasiyalari rahbarlari, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari, Toshkent shahri hokimiyati vakillari ishtirok etishdi.

Marosim davomida ishtirokchi mamlakatlar madaniyatiga oid videorolik namoyish etildi, shuningdek milliy raqslar ijro etildi. Estrada xonandalari o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so‘zga chiqar ekan, ushbu musobaqa kuchli qilichbozlarni kashf etib berishi haqida gapirdi.

«Yurtimiz yana bir marotaba muhim musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Sportga, hususan qilichbozlikka ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor kelajakda albatta o‘z samarasini beradi. Ana shunday turnirlar orqali mintaqamizda kuchli qilichbozlar kashf etiladi deb umid qilamiz», – dedi Jasur Matchanov.

Marosimga tashrif buyurgan boshqa martabali mehmonlar ham o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib o‘tishdi. Shundan so‘ng Vatanimiz madhiyasi yangradi va musobaqa rasman ochiq deb e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, musobaqa qilichbozlikning har uchchala yo‘nalishida tashkil etilmoqda. Turnir 17 fevral kuni yakunlanadi. Bahslar soat 10:00 da start oladi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:35, 15.02.2019.
O'qildi: 1912 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.