Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Saudiya Arabistoni shahzodasi «MYU»ni sotib olmoqchi

Saudiya Arabistoni shahzodasi «MYU»ni sotib olmoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon «Manchester Yunayted» klubini sotib olishga qiziqib qolgan. Angliya klubi uchun qirollik oilasi a’zosi 3,8 milliard funt sterling (4,3 mlrd yevro) to‘lashi mumkin. Bu haqida The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bin Salmon «MYU»ni yangi mavsum boshlanishiga qadar sotib olishni istamoqda. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, jamoaning hozirgi egalari ya’ni Gleyzerlar oilasi 2,2 milliard funt sterling (2,51 mlrd yevro) sof foyda olishadi.

Bundan avval britaniya matbuoti Gleyzerlar «Manchester Yunayted» klubini sotishni istashmayotganini xabar bergan edi. Shunga qaramay manba saudiyalik shahzodaning taklifidan keyin ushbu qarorlaridan qaytishi mumkinligini aytmoqda.

«Manchester Yunayted» klubi 26 turdan keyin musobaqa jadvalida 4-pog‘onani ban etmoqda. Ular yetakchi «Manchester Siti» va «Liverpul» klublaridan 14 ochko ortda qolmoqda.

Manba: The Sun
Kiritildi: 22:33, 16.02.2019.
O'qildi: 6466 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик