Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Superliga. Qur’a tashlash 25 fevral, chempionat starti 8 martda

Superliga. Qur’a tashlash 25 fevral, chempionat starti 8 martda

Baho:
+1 | -1

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Hozirga qadar tashkilotimiz eski reglamentni tartibga keltirdi, futbolchi va murabbiylar uchun umumiy shartnomalarni ishlab chiqdi. Ayni vaqtda PFL bosh liga homiylari, shuningdek, bir qator sug‘urta kompaniyalari, translyasiya masalalari yuzasidan manfaatli kelishuvlar bo‘yicha ish olib bormoqda.

Rejaga ko‘ra, Superliganing 2019 yilgi mavsumi martning ilk kunidan start olishi kerak edi. Biroq futbol klublari lisenziyalash talablarini yakunlab ulgurmadi. Superligada klub soni 10 ta qoldirilishi mumkinligi borasida avval ham xabar berilgan bo‘lsa-da, bu holatdan ayrim jamoalar to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.  

PFL komissiyasi 19 fevraldan boshlab futbol klublarini yakuniy tekshiruvdan o‘tkazadi hamda hafta yakunida Superligada to‘p suradigan klublar nomiga oydinlik kiritib oladi. 25 fevral kuni esa Superliganing yangi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 8 mart sanasidan esa chempionat start oladi.

Mart oyidagi FIFA kunlari, shuningdek, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 yo‘lidagi saralash uchrashuvlari tufayli klublar 29 martdan boshlab 2-tur uchrashuvlarini o‘tkazadi. Bunga qadar sara futbolchilar argentinalik hamda serbiyalik terma murabbiylari ixtiyorida bo‘ladi. FIFA kunlari davom etayotgan bir vaqtda PFL kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur kubokda g‘olib chiqqan jamoaga “A” Pro-ligasi uchun imtiyozli yo‘llanma taqdim etish rejalashtirilgan.

PFL 2019 yilgi mavsum format qanday bo‘lishini 12 ta klubga moslab tuzib chiqqandi. Ammo yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarga qadar klublar ishlarini yakunlab ulgurishmasa, ular avtomatik ravishda bitta quyi ligaga tushiriladi. Jamoaning xalqaro maydonda ishtirok etishi yoki sovrinli o‘rinlar uchun kurashish qudratiga ega ekaniga emas, lisenziyalash talablarining bajarilishiga birinchi galda e’tibor qaratiladi.

Ma’lumot uchun, fevral oyining so‘nggi kunida PFL vakillari OFK komissiyasi bilan uchrashish uchun Kuala-Lumpurga yo‘l oladi. Bunda lisenziyalash talablari, ulardagi barcha jihatlar OFK vakillari bilan muhokama qilinadi. Aynan 2019 yildan boshlab O‘FA klublarga qo‘yilayotgan talablarni oshirgan bo‘lib, bunda tashkilot Yaponiya tanlab olgan yo‘ldan yurishga qaror qilgan. Ya’ni, milliy lisenziyalash talablariga javob bera oladigan klublar OFK lisenziyalash komissiyasi talablariga hech bir qiyinchiliksiz mos kelishi shart.

Shu yilning 1 may kuniga qadar esa barcha futbol klublari uchun 2020 yilgi mavsum talablari aks etgan reglament rasman taqdim etiladi. Klublar yil davomida shuning ustida ishlashi kerak bo‘ladi. 31 oktyabr kuni esa PFL lisenziyalash jarayonini yakunlaydi. Mazkur muddatdan bir kun kech qolgan jamoalarning arizasi qabul qilinmaydi. Ya’ni, 2020 yil uchun qadam noyabr oyi boshlanmay turiboq qo‘yiladi.

Professional futbol ligasi qur’a va chempionat starti kabi marosimlar sanasi ochiqlanishi biroz kechikkani uchun futbol muxlislaridan uzr so‘raydi. Shuningdek, davlat korxonalari berayotgan tayyor pulga jamoa tuzayotgan klub rahbarlarini o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishga chaqiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:02, 18.02.2019.
O'qildi: 3931 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.