Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Xayrulla Hamidov: «Bu «Paxtakor» bilan qo‘rqmasak bo‘laveradi»

Xayrulla Hamidov: «Bu «Paxtakor» bilan qo‘rqmasak bo‘laveradi»

Baho:
+ | -1

Men bugun “Paxtakor”ni tanigandekman. O‘sha ishonch bilan o‘ynaydigan, raqibidan zarracha ham cho‘chimaydigan “Paxtakor”ni tanigandekman.

O‘tgan yilgi o‘tish o‘yinini sharhlagandim. Snayder boshchiligidagi “Al-G‘arafa”ga imkoniyatni boy bergandi. O‘shanda hamma (o‘zim ham jumladan) Jamshid Iskandarovni tanqid qilgandi. Aslida jamoa yengilganida bir o‘yinchi mutlaq aybdor bo‘lmaydi. Jamoa yutqazgan bo‘ladi, tamom.

Bugun esa “Paxtakor” yengdi. Jamoa yengdi. Muhimi, ishonch bilan yengdi. Oldingi o‘yinda gol urgan Bikmayev yana to‘p kiritdi, to‘g‘ri, ammo bu g‘alabada jamoa yengganiga atayin urg‘u beryapmanki, barcha masalani Maratning individual harakatlari hal qildi, demagan bo‘lardim. Bir yil muqaddam “Paxtakor” mag‘lubiyatida Iskandarovning “aybi” qancha miqdorda bo‘lsa, bugungi g‘alabada ham hujumchimizning ulushi shunchadir.

Ikki marta bir xil hisobda g‘alaba qozonish va bir xilroq o‘ynab muvaffaqiyatga erishish ko‘p narsani belgilab beradi. Shota Arveladze nihoyat Toshkent klubida o‘z yo‘nalishini topib olgandek. Tarkib kuchli, dersiz, qo‘shilaman, ammo bir yarim yil muqaddam gruziyalik mutaxassis yurtimizga kelganida taxmini bo‘yicha kuchli tarkib tuzib olgandi. Ammo jamoa ruhiyati, “Paxtakor” uslubi va o‘z taktikasiga mosroq yigitlarni tanlash masalasida bu safar Arveladzening ko‘zi pishdi, ulg‘aydi va o‘z orzusiga qisman bo‘lsa ham erishishga muvaffaq bo‘lmoqda.

“Paxtakor” to‘p bilan ko‘p muomala qilib raqibidan ustunligini nishonlaydigan klub emas, “Paxtakor” raqibdan ustunligini bilib o‘ynasagina kuchli futbol ko‘rsata oladi. Qo‘rqmasligi o‘yinidan sezilib turishi kerak. Shunda u biz bilgan kuchli “Paxtakor”ga aylana oladi. Bugun “Paxtakor” ana shunday o‘yin ko‘rsatdi.

Klub rahbariyati tomonidan berilgan imkoniyatlar nuqtai nazaridan kelib chiqib Arveladzeni “superligamiz Gvardiolasi” deb hazillashgandik yaqinda. Rahbarlar tomonidan ana shunday ishonch oxiri o‘z so‘zini aytayotganini ko‘ryapmiz. Shota natijani o‘ylagan mavsumlarida hech narsa qila olmadi. Natijani o‘ylamay, asosiy e’tiborni o‘yinga qaratgan mavsumida esa, ko‘ryapmiz, o‘yini ham chiqyapti, natija ham bo‘lyapti.

Men shu bugun, shu o‘yinni ko‘ra turib, guruh bahslarida ishtirokini davom ettiradigan yurtimiz bayroqdoriga chin dildan omad tilamoqchiman. Zotan, bu “Paxtakor” bilan biz ham qo‘rqmasak bo‘laveradi.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:45, 19.02.2019.
O'qildi: 13335 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик